Germaniyaning Dresden International PhD Program (DIPP) bakalavriat va magistratura talabalari uchun 2020-yilgi Student Research Internships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 3 oy muddat davom etadi. Dasturda ayni vaqtda Life sciences, Natural sciences, Engineering, Computer Science, Physics, (Applied) Mathematics va Medicine sohalarida bakalavriat yoki magistraturada oʻqiyotgan talabalar qatnasha oladilar. Nomzodlar quyida taklif etilgan amaliyot yoʻnalishlaridan birida stajirovka oʻtaydilar:
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistraturada tahsil olayotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga turar joy, transport va yashash xarajatlari uchun oylik 800 yevro stipendiya beriladi.
Grant shartlari batafsil: shu yerda.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod ayni vaqtda Life sciences, Natural sciences, Engineering, Computer Science, Physics, (Applied) Mathematics va Medicine sohalarida bakalavriat yoki magistraturada oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Bakalavriat talabalari dasturga hujjat topshirayotganda kamida 4 semestr (2 yil) bakalavriat kursida oʻqigan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim.
- Nomzod ilm-fan va tadqiqotga astoydil qiziqishi kerak.
- Nomzod ayni vaqtda oliygohda oʻqiyotganligi haqida ma’lumotnoma topshiradi.
Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2020-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi.
Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):
- Onlayn toʻldirilgan ariza.
- Oʻqish joyidan ma’lumotnoma.
- Ingliz tili sertifikati. Aniq sertifikat darajasi koʻrsatilmagan, ammo a’lo darajada bilish lozim, deb yozilgan. Odatda, bu kabi grantlarga C1 darajasidagi sertifikat talab qilinadi.
Barcha hujjatlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Bogʻlanish uchun:
Dr. Birgit Knepper-Nicolai
PhD Program Manager
Phone: +49 351 210 – 2772
Email: knepper@mpi-cbg.de.