Germaniyaning Max Planck Institute for Chemical Ecology (MPICE) talabalar, PhD bosqichidagi tadqiqotchilar, postdoktorlar uchun bir necha grant hamda vakant oʻrinlar taklif etmoqda. Tadqiqotlar kimyo, ekologiya va molekulyar biologiya sohalari boʻyicha olib beriladi.
Oliygoh quyidagi grantlarni taklif etmoqda:
- Data Manager (Technician) – in the Department of Molecular Ecology
- PhD position – in the Department of Biochemistry
- Postdoctoral Position – in the Department of Molecular Ecology
- Librarian (m/f/d) – for our joint library with the MPI for Biogeochemistry (German version only)
- Coworker (m/f/d) – in the reception (German version only)
- Student assistant – in the Department of Biochemistry (German version only)
- Postdoctoral and PhD positions – in the Department of Molecular Ecology
- Student Assistant – in the Department of Biochemistry (German version only)
- Postdoctoral positions– in the Department of Molecular Ecology
- Postdoctoral position – in the Department of Molecular Ecology
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturlarda qatnashish bepul.
Iqtidorli tadqiqotchilar IMPRS stipendiya dasturiga hujjat topshirishlari mumkin.
Shuningdek, dastur qatnashchilariga har yili oʻtkaziladigan simpozium, konferensiyalarda qatnashish imkoni ham beriladi.
Postdoktorlar va taklif etilgan tadqiqotchilarga oylik maosh toʻlanadi.
Batafsil ma’lumot tanlangan vakant yoki grant sahifasida berilgan.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Dasturga barcha davlat fuqarlari ariza berishlari mumkin.
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzodMax Planck Institute for Chemical Ecology (MPICE) maktabidagi oʻzi tanlagan vakant oʻrin yoki kursga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod ingliz yoki nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod molekulyar biologiya, ekologiya, mikrobiologiya, kimyo, biokimyo, etimologiya, bioinformatika yoki shunga yaqin sohalar boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzodning egallagan xohasi boʻyicha tadqiqot/mehnat tajribasiga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
- Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqishni namoyon etishi zarur.
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida tanlangan grant sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun dedlayn muhaltlari farq qiladi. Muhlatga oid ma’lumotlarni tanlangan grant sahifasidan aniqlang. Ayni vaqtda ochiq boʻlgan grantlar boʻyicha eng yaqin dedlayn – 2019-yilning 17-noyabrga qadar ariza va barcha kerakli hujjatlarni MPICE saytidagi tanlangan dastur sahifasida berilgan ma’lumotlar asosida hay’atga taqdim qilishi kerak.
Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan oliygoh hay’ati skype orqali suhbat oʻtkazadi. Final bosqichiga oʻtgan nomzodlar bilan boʻladigan suhbat oliygohning oʻzida oʻtkaziladi. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot tanlangan grant sahifasida berilgan.
Jarayonning taxminiy bosqichlari:
- Ariza topshirish.
- Tavsiyanomalarni yuborish.
- Skype orqali oʻtkaziladigan suhbatlar.
- IMPRS oliygohida boʻladigan tanishuv/suhbat.
- Yakuniy natijalar.
- Dasturning boshlanishi.
Kerakli hujjatlar (taxminiy):
- Onlayn ariza.
- Motivatsion xat.
- CV/resume.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Magistrlik diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Ingliz tilini oʻzlashtirganlik sertifikati.
- Roʻyxatdan oʻtish raqami (bu raqam onlayn ariza portaliga oʻz arizasini muvaffaqiyatli topshirgan har bir nomzodga beriladi).
Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida boʻlishi, boshqa tilda boʻlgan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi zarur.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki tanlangan dasturlar sahifalaridan bilibolishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.