Germaniyaning The Boehringer Ingelheim Fonds (BIF) Jamg`rmasi PhD Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur uch yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Yevropaning eng zamonaviy biolaboratoriyalarida biomedisina bo`yicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qo`lga kiritadilar. Ishtirokchilarga oylik stipendiya ajratiladi. Grant yutib olgan nomzodlar salohiyatli, biomedisina sohasida guruh bo`lib ilmiy ish olib borishga tayyor bo`lishi talab etiladi.
Grant kimlar uchun?
Biomedisina bo`yicha doktorantlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- 24 oygacha har oyda 1550 yevro stipendiya beriladi. Ayrim hollarda uzrli sabablarga ko`ra stipendiya berilish muddati yana 12 oygacha uzaytirilishi mumkin.
- O`quv qurollari va kitoblar kabi mayda xarajatlar uchun har oyda 150 yevro ajratiladi.
- Nomzod Yevropaning qaysi davlatida tadqiqot olib borishiga qarab, yashash uchun kerakli to`lov miqdori 1700 yevrogacha oshirilishi mumkin. Masalan, yashash uchun ketadigan xarajatlar hajmi ayrim davlatlarda ko`proq, ayrimlarida esa kamroq. Bu haqida batafsil: SHU YERDA
- Agar nomzod o`qish paytida tadqiqot olib borayotgan davlatda turmush o`rtog`i bilan yashasa, oylik stipendiyasiga 200 yevro qo`shib beriladi.
- Nomzod o`qish paytida tadqiqot olib borayotgan davlatda farzandlari bilan yashayotgan bo`lsa, har bir bola uchun 200 yevrodan qo`shiladi.
- Nomzod bola parvarishi uchun 500 yevro moddiy yordam olishi mumkin.
- Nomzodga dastur doirasida konferensiya, seminar, yozgi maktab kabilarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod taqdim etayotgan doktorlik dissertasiyasi eksperimental bo`lishi va biomedisina bo`yicha fundamental tadqiqot boʻlishi kerak. Mavzu inson hayotining asosiy biologik ko`rinishlarini tadqiq qilish va yangi bilimlarni o`zlashtirish haqida bo`lishi lozim.
- Nomzod tegishli mutaxassislik bo`yicha bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Biotexnologiya, farmasevtik ishlanmalar kabi amaliy tadqiqotlar olib borayotgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
- Kasallikning kechishi va simptomlarni davolash bo`yicha ilmiy ish qilayotganlar ariza topshira olmaydi.
- Umumiy biologik ahamiyatga ega bo`lgan biologiya va prokartiotik tadqiqotlar ustida ishlayotganlar hujjat topshira olmaydi.
- O`qish vaqti. Grant auditoriya mashg`ulotlari kabi qismlar uchun berilmaydi, faqatgina tajriba amaliyotlarini o`tkazish vaqtida beriladi.
- Nomzod ingliz tilini va nemis, fransuz tili kabi o`zi tadqiqot o`tkazish uchun tanlagan davlati tilini yaxshi bilishi hamda a’lochi bo`lishi zarur.
Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjat topshirish ikki bosqichda o`tkaziladi:
- Onlayn tarzda ariza to`ldiriladi.
- Arizaning qog`oz variant va CD diskini ikki nusxada: Boehringer Ingelheim Fonds, Schusterstr. 46-48, 55116 Mainz, Germany manziliga pochta orqali yetkaziladi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi va hujjatlar tarkibida ko`rsatilgan ro`yxatdagi 1 dan 9 gacha tartib raqam bo`yicha ketma-ket taxlanib jo`natiladi. Hujjatlarni steplerda tikish yoki muqovalash mumkin emas. CD diskka esa ro`yxatdagi 1 dan 7 gacha bo`lgan hujjatlarni bitta PDF formatidagi faylga joylab, keyin jo`natish kerak.
Hujjatlar bir yilda uch marta: fevral, iyun, oktabr oylarida qabul qilinadi. Ayni vaqtda dedlayn 2019-yil 1-iyungacha.
Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:
1 dan 5 gacha hamma hujjatlar ikki taraflama chop ettirilishi kerak:
- PhD loyihasining nomi va qisqacha mazmuni (probel bilan birga 1400 ta belgigacha bo`lishi kerak).
- PhD loyihasining to`liq taqdimoti. Bu hujjatda ishning titulidan adabiyotlar ro`yxatigacha barcha qismlari bo`lishi kerak. Qanday qilib yozish haqida ma’lumot: SHU YERDA.
- Aniq bitta guruhda ishlashni istaganlar bo`lsa, buning sababi.
- PhD dan avvalgi tadqiqot ishi (masalan, bakalavr yoki magistrlik ishi)ning qisqacha mazmuni.
- Nashr ettirilgan ilmiy ishlar ro`yxati.
- Barcha attestat, diplom va sertifikatlar nusxalari. Hamma hujjatlarning fotonusxasi xronologik tartibda yillar bo`yicha eng eskilari tagiga, eng yangilari ustki qismiga qo`yib taxlanadi.
- Barcha topshirilgan imtihonlar sertifikat/diplomlar nusxalari ham xuddi shu tartibda joylashtiriladi (Masalan, SAT/ACT, Abitur va h.k.).
- Dissertatsiyaga ilmiy rahbardan tavsiyanoma.
- PhD loyihasi uchun guruh o`zgarganda diplom ishiga ilmiy rahbardan tavsiyanoma olish kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida rasmiy blankda yozilgan va imzo chekilgan holda yopiq konvertda ariza bilan birga jo`natiladi. Faqatgina kuzatuv organlarigina tavsiyanomalarni istisno tariqasida nomzodning ism-sharifini ko`rsatgan holda secretariat@bifonds.de elektron manziliga jo`natishlari mumkin. Bunda fayl PDF formatida bo`lishi talab qilinadi.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- A’lo baholari va yutuqlari.
- Diplom/dissertatsiya ishining sifati.
- Laboratoriya standartlari.
Natijalarning eʼlon qilinishi
Saralash ikki bosqichda o`tkaziladi:
- Dedlayndan 4 hafta o`tib dastlabki saralash otkaziladi.
- Dedlayndan 5 oy o`tib yakuniy saralash o`tkaziladi va natijalar e’lon qilinadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun:
Boehringer Ingelheim Fonds
Foundation for Basic Research in Medicine
Schusterstr. 46-48
55116 Mainz
Germany
Telefon: +49 (0)6131 2750 80
Faks: +49 (0)6131 2750 811
Elektron pochta: secretariat@bifonds.de