×

Germaniya: Ijtimoiy faollar va volontyorlar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan 12 haftagacha amaliyot dasturi; oylik stipendiya – 550 yevro!


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3713 marta

Germaniyaning Institut für Auslandsbeziehungen instituti CCP Fellowships for Applicants from Uzbekistan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar ijtimoiy sohada mehnat tajribasiga ega boʻlgan, 23-45 yoshlardagi Oʻzbekiston fuqaroliriga beriladi. Dastur qatnashchilari 8-12 hafta davomida Germaniyaning turli tashkilotlarida malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Amaliyot dasturi 2020-yil may va dekabr oylari oraligʻida ikki marta oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dasturga nomzod quyidagi sohalardan biri vakili boʻlishi lozim:

  • politics & society
  • human rights & peace building
  • sustainable development
  • media & culture
  • civic & citizenship education
  • Digital civil society

Dasturga oid toʻliq ma’lumotlarni Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasidan yoki tashkilotchining saytidan hamda aynan Oʻzbekiston uchun berilgan manbadan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Ijtimoiy soha vakillari va volontyorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturi qatnashchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Bepul turar joy.
  2. Safar uchun boorish-kelishga aviahipta.
  3. Mahalliy transport xarajatlari.
  4. Oylik 550 yevro miqdoridagi stipendiya.
  5. Tibbiy sugʻurta.
  6. Viza xarajatlari.

Batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Oʻzbekiston ham bor fuqarosi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 23-45 yoshlarda boʻlishi kerak.
  • Nomzod jisman va aqlan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod Oʻzbekistonda ijtimoiy sohada kamida 2 yil ishlagan yoki volontyorlik boʻyicha shuncha mehnat tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzodlarning nemis tilini bilishlari majburiy emas. Shunga qaramay nemis yoki boshqa qoʻshimcha tillarni biladigan nomzodlarga ustunlik beiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish 2019-yil 15-noyabrgacha davom etadi. Amaliyot dasturida ishtirok etish uchun barcha ma’lumotlarni Toshkentdagi Germaniya elchixonasidan olish mumkin.

Hujjat topshirish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi va quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.

Onlayn ariza toʻldirish jarayonida tizimga quyidagi hujjatlar yuklanadi:

  1. Motivatsion xat
  2. Tavsiyanoma (hozirgi ish joyidan).
  3. CV.
  4. Rasm.

Toʻliq toʻldirilmagan, savollarga batafsil javob berilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Hujjatlari mos kelgan nomzodlar 2019-yil dekabr yoki 2020-yil yanvar oyida Toshkentdagi Germaniya elchixonasi tomonidan da Skype orqali suhbatdan oʻtkaziladi. Yakuniy qarorni German Federal Foreign Office qabul qiladi.

Dasturga oid toʻliq ma’lumotlarni Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasidan yoki tashkilotchining saytidan hamda aynan O`zbekiston uchun berilgan manbadan olishingiz mumkin.

Natijalar 2020-yil fevral oyida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: crossculture@ifa.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!