Germaniyaning Institut für Auslandsbeziehungen CrossCulture Programme dasturi doirasida yana bir loyiha- “CCP Synergy” amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dasturdan maqsad Germaniya va xorijdagi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar oʻrtashida uzoq yillik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Grantlar
- Politics and Society
- Human Rights and Peace Building
- Sustainable Development
- Media and Culture
sohasida faoliyat olib boradigan, Germaniya hamda CrossCulture Programme dasturiga ishtirokchi davlatlar (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni qoʻllab quvvatlash maqsadida ajratiladi. Dastur doirasida amaliyot oʻtab, ish tajribasini oshirishga kelgan chet ellik mutaxassislar Germaniyada 7-30 kun davomida qolishlari koʻzda tutilgan.
2020-yilgi amaliyot dasturlari uchun hujjatlar qabuli 2020-yil bahor oylariga (2019-yil holatiga koʻra 24-may) moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Ijtimoiy siyosiy tashkilotlar, media, inson huqulari sohasi vakillari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Amaliyot dasturi qatnashchilariga umumiy miqdori uzogʻi bilan 3 000 yevroni tashkil qiluvchi quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Bepul turar joy.
- Tibbiy sugʻurta.
- Safar xarajatlari.
- Bepul oziq-ovqat.
- Kundalik xarajatlar uchun mablagʻ.
Batafsil: SHU YERDA tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod roʻyxatda koʻrsatilgan mamlakatlardan birining (Oʻzbekiston ham bor) fuqarosi boʻlishi zarur.
- Nomzod jisman va aqlan sogʻlom boʻlishi kerak.
- Nomzod siyosiy va/yoki ijtimoiy sohada, inson huquqlari, media yoʻnalishlaridan biri boʻyicha faoliyat yuritayotgan boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz/nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga ariza berish. Amaliyot dastuirda ishtirok etish uchun avvalo Germaniya hududidan hamkor tashkilot topilishi hamda loyiha shartlari boʻyicha kelishib olinishi zarur. Shundan soʻng ikki tashkilot dasturga ariza topshirishlari mumkin boʻladi. Dastur tashilotlararo miqyosda boʻlganligi sababli unga yakka tartibdagi shaxslarning arizalari qabul qilinmaydi.
Natijalar 2020-yil iyun oyida xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun:
Tel: +49.711.2225.107
Email: crossculture(at)ifa.de