×

Germaniya: jismoniy tarbiya o’qituvchilari va murabbiylari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

17.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4401 marta

Germaniya Tashqi Ishlar Vazirligining madaniyat va sport ishlaridagi faoliyati doirasida Universität Leipzig (UL) oliygohi rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) jismoniy tarbiya o’qituvchilari va murabbiylari uchun malaka oshirish kurslarini taklif etmoqda. Grantlar ta’lim sohasida mehnat tajribasiga ega bo’lgan, 40 yoshdan katta bo’lmagan o’qituvchi va murabbiylarga beriladi. Dastur qatnashchilari 5 oy davomida Germaniyaning Universität Leipzig (UL) oliygohida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Amaliyot dasturi yiliga 2 marta (ingliz tilida) tashkil etiladi. Hozirda basketboll murabbiylari uchun 2020-yil 31-avgustdan 2021-yil 31-yanvargacha bo’lib o’tadigan amaliyot dasturi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Ariza topshirish muhlati 2020-yil 17-fevralda nihoyasiga yetadi. Kusrlar haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Jismoniy tarbiya fani o’qituvchi va murabbiylari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturi bilan bog’liq barcha xarajatlar Germaniya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan to’lab beriladi.

Eslatma: Germaniyaga borish va qaytish xarajatlarini ishtirokchining o’zi qoplashi zarur.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlardan birining (O’zbekiston ham bor) fuqarosi bo’lishi zarur.
  • Nomzod 40 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod jisman va aqlan sog’lom bo’lishi kerak.
  • Nomzod ta’lim sohasida faoliyat olib borishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish. Amaliyot dastuirda ishtirok etish uchun nomzod Universität Leipzig (UL) oliygohi taklif etayotgan kurslar ro’yxatidan keraklisini tanlab, to’ldirilgan ariza shakli hamda quyidagi hujjatlarni Germaniya Federativ Respublikasining Ozbekistondagi elchixonasiga belgilangan muddatlarda topshirishi kerak. Hozirda basketboll murabbiylari uchun 2020-yil 31-avgustdan 2021-yil 31-yanvargacha bo’lib o’tadigan amaliyot dasturi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Ariza topshirish muhlati 2020-yil 17-fevralda nihoyasiga yetadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Tibbiy ko’rik varaqasi.
  3. Diplom nusxasi (notorial tasdiqlangan).
  4. Mahnat daftarchasi nusxasi (notorial tasdiqlangan).
  5. Sportchilik faoliyati haqidagi hujjat nusxasi (notorial tasdiqlangan).
  6. Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat (B2 yiki C1 darajasida).
  7. Passport nusxasi.
  8. Rasm (4 ta).

To`liq to`ldirilmagan, savollarga batafsil javob berilmagan arizalar ko`rib chiqilmaydi.

Maʻlumot uchun:

Phone: +49 341 – 97 31 690

Fax:  +49 341 – 97 31 799

E-mail: itk@uni-leipzig.de

Web: www.itk.uni-leipzig.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!