×

Germaniya: Jurnalistlar uchun olti oygacha stajirovka dasturi; sertifikat va 300 yevro stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

01.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1503 marta

Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Centre for East European and International Studies (ZOiS) markazi jurnalist va talabalarni Stajirovka dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur ayni vaqtda 2020-yilning sentabr-oktabr oylarida boshlanadi va 3 oydan 6 oygacha davom etadi. Amaliyotchilar tashkilot Kommunikatsiya boʻlimida ZOiSning imidjini yaratish boʻyicha olib boriladigan tadqiqot dasturi ustida ishlashi kutilmoqda. Ishtirokchilar asosan markazning rasmiy sayti, Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini takomillashtirish bilan shugʻullanadi. Boʻlim markazda boʻlib oʻtadigan konferensiyalar, matbuot anjumanlari, ma’ruzalar va master klasslarni ham tashkillashtiradi. Shuningdek, kommunikatsiya boʻlimida ZOiS SpotlightZOiS ReportMeet the Author, Work-in-Progress nashrlari chop etiladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Dastur davomida oyiga 300 yevrodan stipendiya toʻlanadi.
  2. Stajirovka yakunida qatnashchilarga sertifikatlar beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod MS Office dasturlari bilan ishlay olishi kerak.
  3. Nomzod ingliz va nemis tillarini bilishi kerak.
  4. Rus tili yoki boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari tillarini bilish maqsadga muvofiq.
  5. Dasturga talabalar hujjat topshirishlari alohida qoʻllab-quvvatlanadi.

Stajirovka dasturi boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun hujjatlar yilda ikki marta qabul qilinadi. ayni vaqtda eng yaqin dedlayn: 2020-yil 1-avgust.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Quyidagi hujjatlarni bitta PDF formatidagi faylga jamlab bewerbung@zois-berlin.de manziliga 2020-yil 1-avgustga qadar elektron pochta orqali joʻnating:

  1. Motivatsion xat.
  2. CV/resume.
  3. Boshqa amaliyot yoki volontyorlar/koʻngillilar uchun dasturlarda qatnashganlik sertifikatlari (agar mavjud boʻlsa).

Hujjatlarni joʻnatishda xat sarlavhasiga “INT-03040910” deb yozing. Xatda nomzod amaliyotni toʻliq yoki yarim Stavka (3 yoki 6 oy)da oʻtamoqchiligini ham koʻrsatib oʻtishi kerak.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Savollar tugʻilsa Emily Kleinega emily.kleine@zois-berlin.de manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar kasbiy bilim va tajiba, kirishimlilik, ilmiy-tadqiqotlarga qiziqishi, til bilish darajasi kabilarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: emily.kleine@zois-berlin.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!