×

Germaniya: Magistraturada o’qish uchun to’liq grant va 750 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

86005 marta

Deutsche Welle – Germaniyaning xalqaro axborot agentligi ‘International Media Studies” yo’nalishi bo’yicha xalqaro grant e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – jurnalistlik faoyliyati va xalqaro axborot almahinuvi sohaidagi iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash.

O’qish sohasi: Nomzodlarga faqat “International Media Studies” yo’nalishi bo’yicha grant taqdim etiladi. Bunda jurnalitlik faoliyatiga, ommaviy axborot vositalari, media menejmentiga qiziquvchilar hujjat topshirishi mumkin.

Qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: Har yili ushbu grantga 10ta talaba qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

–        Germaniyaga aviachiptalar xarajati qoplanadi;

–        Kontrakt puli qoplab beriladi;

–        Oyiga 750 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.

Agarda siz to’liq grant uchun belgilangan shartlarga mos kelmasangiz qisman qoplanadigan grantga topshirishingiz mumkin. Bunda faqat sizning kontrakt pulingiz (6000 yevro) qoplab beriladi. Oylik stipendiya va aviabilet mavjud emas.

Talablar:

–        Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim;

–        To’liq grant uchun nomzod 2 yillik, qisman qoplanadigan grant uchun 1 yillik mediaga aloqador tajribaga ega bo’lishi kerak;

–        Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (TOEFL IBT: score of 83 or higher, IELTS: score of 6.5 or higher, BULATS: score of 70 or higher, APIEL at least Level 3);

–        Nemis tilini ham bilishi va bu tilni bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (TestDaF at least level TDN 3 in all four parts of the examination, Goethe Zertifikat at least level B2 or DSH at least level 1). Darslar ingliz va nemis tilida bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza va boshqa hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati: Quyidagi hujjatlar onlayn tarzda to’ldiriladigan arizaga ilova qilinishi lozim:

–        Motivatsiya xati (imzolangan va sanasi qo’yilgan holda).

–        CV (imzolangan va sanasi qo’yilgan holda).

–        Bakalavrlik diploma va uning ilovasi.

–        To’liq grant uchun 2 yillik, qisman grant uchun 1 yillik ish tajribasini ibotlovchi hujjat (bu tajriba bakalavrlik bosqichi tugatgan to’plangan bo’lishi kerak).

–        Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (TOEFL IBT: score of 83 or higher, IELTS: score of 6.5 or higher, BULATS: score of 70 or higher, APIEL at least Level 3).

–        Nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (TestDaF at least level TDN 3 in all four parts of the examination, Goethe Zertifikat at least level B2 or DSH at least level 1).

–        Pastport nuxasi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Deutsche Welle

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!