×

Germaniya: PhD bosqichi uchun 3,5 yilgacha grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4815 marta

Germaniyaning The Boehringer Ingelheim Fonds (BIF) Jamgʻarmasi PhD Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ishtirokchilari Yevropadagi istalgan muassasada PhD tadqiqoti amalga oshirish vaqtida  2 – 3,5 yilgacha muddat davomida stipendiya olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunda tadqiqotchilar Yevropaning eng zamonaviy biolaboratoriyalarida biomedisina boʻyicha tadqiqotlar olib borishlari mumkin bo’ladi. Ishtirokchilarga oylik stipendiya ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Biomedisina boʻyicha doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Har oyda tadqiqotchi faoliyat olib boradigan davlatdan kelib chiqib stipendiya beriladi. Masalan, Germaniya va Ispaniya uchun 2000 yevro, Avstriya, Gollandiya va Buyuk Britaniya uchun 2450 yevro, AQSh uchun 2975 yevro, Shveytsariya uchun 3400 yevro stipendiya beriladi. Davlatga qarab bu summa o’zgaradi.  
  2. Tadqiqotchiga dastur doirasida konferensiya, seminar, yozgi maktab kabilarda ishtirok etish uchun qo’shimcha mablag’ beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod taqdim etayotgan doktorlik dissertasiyasi eksperimental boʻlishi va biotibbiyot boʻyicha fundamental tadqiqot boʻlishi kerak. Mavzu inson hayotining asosiy biologik koʻrinishlarini tadqiq qilish va yangi bilimlarni oʻzlashtirish haqida boʻlishi lozim.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod Yevropa davlatlaridan birida PhD kursiga qabul qilingan bo’lishi lozim.
  • Nomzod biotibbiyot sohasida aynan qaysi mavzular bo’yicha tadqiqot qilsa grant yutishi mumkin ekanligini bu yerda aniqlashingiz mumkin.
  • Nomzod ingliz, nemis, fransuz tili kabi oʻzi tadqiqot oʻtkazish uchun tanlagan davlati tilini yaxshi bilishi hamda a’lochi boʻlishi zarur.

Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar  bu yerda qabul qilinadi.

Arizalar bir yilda uch marta: 1-fevral, 1-iyun, 1-oktyabrgacha qabul qilinadi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn 2021-yil iyungacha. Arizalar qabuli 1-mayda boshlanib, 1-iyungacha davom etadi. Bu PhD kursiga hujjat topshirish va research proposal tayyorlash uchun ancha qisqa muddat bo’lganligi sababli, hujjatlarni hozirdan tayyorlashni boshlash tavsiya etiladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. PhD loyihasining nomi va qisqacha mazmuni (probel bilan birga 1400 ta belgigacha boʻlishi kerak).
  2. PhD loyihasining toʻliq taqdimoti. Bu hujjatda ishning titulidan adabiyotlar roʻyxatigacha barcha qismlari boʻlishi kerak. Qanday qilib yozish haqida ma’lumot: shu yerda.
  3. Aniq bitta guruhda ishlashni istaganlar boʻlsa, buning sababi.
  4. PhD dan avvalgi tadqiqot ishi (masalan, bakalavr yoki magistrlik ishi)ning qisqacha mazmuni.
  5. Nashr ettirilgan ilmiy ishlar roʻyxati.
  6. Barcha attestat, diplom va sertifikatlar nusxalari. Hamma hujjatlarning fotonusxasi xronologik tartibda yillar boʻyicha eng eskilari tagiga, eng yangilari ustki qismiga qoʻyib taxlanadi.
  7. Barcha topshirilgan imtihonlar sertifikat/diplomlar nusxalari ham xuddi shu tartibda joylashtiriladi (Masalan, SAT/ACT, Abitur va h.k.).
  8. Dissertatsiyaga ilmiy rahbardan tavsiyanoma.
  9. PhD loyihasi uchun guruh oʻzgarganda diplom ishiga ilmiy rahbardan tavsiyanoma olish kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida rasmiy blankda yozilgan va imzo chekilgan holda yopiq konvertda ariza bilan birga joʻnatiladi. Faqatgina kuzatuv organlarigina tavsiyanomalarni istisno tariqasida nomzodning ism-sharifini koʻrsatgan holda secretariat@bifonds.de elektron manziliga joʻnatishlari mumkin. Bunda fayl PDF formatida boʻlishi talab qilinadi.

Bogʻlanish uchun: secretariat@bifonds.de manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!