×

Germaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; oylik stipendiya – 1 468 yevro!


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2437 marta

Germaniyaning Gisen shahrida joylashgan Justus-Liebig-Universität Gießen qoshidagi Madaniyatni oʻrganish Xalqaro oʻquv Markazi navbatdagi PhD Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi uch yilgacha moʻljallangan boʻlib, ijtimoiy-gumanitar va madaniyat sohalari boʻyicha PhD bosqichida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlarga moliyaviy yordam koʻrsatish, shuningdek, kelajakda akademik, davlat va nodavlat tashkilotlarda faoliyat yuritishda ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi.

Dastur bo’yicha 2020-yil uchun 6 nafargacha nomzodga grant ajratish rejalashtirilgan. Grantlar quyidagi yoʻnalishlar uchun beriladi:

  • Cultural Memory Studies
  • Cultural Narratologies
  • Cultural Transformation and Performativity Studies
  • Visual and Material Culture Studies
  • Media and Multiliteracy Studies
  • Cultural Identities
  • Global Studies and Politics of Space
  • Cultures of Knowledge, Research and Education.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Justus-Liebig-Universität Gießen tarkibidagi International Graduate Centre for the Study of Culture doktoranturasida (PhD bosqichida) oʻqish tekin (bepul), ammo Germaniyada yashash xarajatlari ancha qimmat.

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Uch yilgacha (stipendiyani oʻquv yili tugagandan soʻng uch yilgacha uzaytirish mumkin) yashash va turar joy xarajatlari uchun oyiga 1 468 yevro miqdordagi stipendiya beriladi.
  2. Oilaviy moddiy yordam koʻrsatiladi (oilasi bilan yashovchi nomzodlar uchun).
  3. 12 yoshgacha farzandi va oilasi bor boʻlgan stipendiatlarga stipendiya toʻrt yilgacha berilishi mumkin.

Dastur haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod madaniyatshunoslik yoʻnalishlarida eng yuqori baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod magistr darajasiga ega boʻlishi (ikki yillik magistratura dasturida oʻqigan boʻlishi kerak).
  4. Nomzod oʻquv markazi tadqiqot dasturlariga mos keladigan loyiha taklif eta olishi kerak.
  5. Nomzod nemis yoki ingliz tilini yetarli darajada bilishi (Odatda ingliz tili uchun IELTS 6,5-7,0 nemis tili B2, C1) lozim.
  6. Nomzod Gisen universiteti aspiranti boʻlishi/qabul qilinishi va o’qish davomida Gisenda yashashi kerak.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-dekabrdan 2020-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun: shu yerda roʻyxatdan oʻtish kerak. Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Birinchi bosqich:

  1. Yoʻllanma xat (1-2 bet va motivatsion maʼlumotlar ichida koʻrsatiladi).
  2. Loyihangiz haqida maʼlumot (500 ta soʻz, nomi, maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalar).
  3. Tarjimai hol.
  4. Ikkita tavsiyanoma.

Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlarga bu haqida 2020-yil 13-fevralgacha xabar beriladi. Qoʻshimcha hujjatlarni 2020-yil 9-martgacha platformaga joylashtirish kerak.

Ikkinchi bosqich:

  1. Diplom va diplom ilovasi nusxalari.
  2. Loyiha proyekti (10 betdan oshmagan, Oʻquv markazining qaysi yoʻnalishiga mos kelishi koʻrsatilgan va adabiyotlar roʻyxati yozilgan boʻlishi kerak).
  3. Uch yillik tadqiqot rejasi (toʻliq, bosqichlari bilan).
  4. Magistrlik dissertatsiyangizning raqamli nusxasi (Agar dissertatsiya ingliz yoki nemis tilidan boshqa tilda yozilgan boʻlsa, originali va ikki betda qisqacha mazmun rezyume sifatida talab qilingan tillardan birida beriladi).

Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik koʻnikmalari hamda taklif etilayotgan loyihaning Oʻquv markazi tadqiqot yoʻnalishlariga mosligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi. 2020-yilning 9-apreligacha javoblar eʼlon qilinadi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar 2020-yil 4-5-mayda Markazga 30 daqiqalik suhbatga chaqiriladilar.

Bogʻlanish uchun: gcsc-application@gcsc.uni-giessen.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!