×

Germaniya: Savdo-sanoat palatasi a’zolari uchun bir oylik amaliyot dasturi; yashash va safar xarajatlari toʻliq qoplanadi!


Grant

MUHLAT

18.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2107 marta

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) va Germaniya Iqtisodiyot va energetika federal vazirligi oʻzbekistonlik ishlb chiqaruvch va tadbirkorlarni «Общая экономическая кооперация с немецкими предприятиями» mavzusidagi stajirovka dasturida arqtshishga takli etmoqda. Dastur bir oy davom etadi. Stajirovka dasturida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo boʻlgan, kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega hamda yoshi 45 dan oshmagan nomzodlar qatnasha oladilar.

Dastur ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

45 yoshgacha boʻlgan SSP a’zolari, tadbirkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga Germaniyada yashash xarajatlari tashkilotchi tomonidan toʻliq qoplab beriladi. 6 kunlik tayyorlov kursi esa Toshkentda boʻlib oʻtadi va kurs xarajatlarini amaliyotchini stajirovkaga joʻnatayotgan tashkilot toʻlaydi.

Bu haqida batafsil ma’lumotlar: shu yerda koʻrsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zosi boʻlishi kerak.
  • Nomzod oliy ma’lumot diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz va/yoki rus tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Nomzod 45 yoshgacha boʻlishi zarur.
  • Nomzod boshqaruvning oʻrta yoki yuqori lavozimlaridan birida kamida 2 yil ishlagan boʻlishi kerak.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi. Roʻyxatdagi  hujjatlar toʻliq holda bitta jildga solinib, dedlaynga qadar: Toshkent shahri, Amir Temur koʻchai 4-uyga joʻnatilishi lozim.

Muhum:

  1. Savdo-sanoat palatasi a’zosi boʻlgan tadbirkorlargina suhbatga qoʻyiladi.
  2. Nomzod ingliz va/yoki rus tillarida suhbatdan oʻtkaziladi.
  3. Roʻyxatdagi hujjatlar toʻliq holda, qogʻoz shaklda bitta jildga solinib, dedlaynga qadar: Toshkent shahri, Amir Temur koʻchai 4-uyga joʻnatilishi lozim.
  4. Toʻldirilgan ariza/anketa va pasport skan nusxasini f.ubaydullaev@chamber.uz elektron manziliga joʻnatish kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan anketa.
  2. Ish joyidan ma’lumotnoma.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Mehnat daftarchasi nusxasi.
  5. Oliy ma’lumot diploma nusxasi.
  6. Savdo-sanoat palatasiga a’zolik shartnomasi nusxasi.
  7. Soliq idorasida qarzdorlik yoʻqligi haqida m’lumotoma..
  8. Tijorat banklaridan qarzdorlik yoʻqligi haqida ma’lumotnoma.

Talabga javob bermaydigan hujjatlar koʻrilmaydi.

Nomzodlar ikki bosqichli saralash: hujjat topshirish va suhbat asosida saralanadi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar suhbatga chaqiriladi. Saralashdan oʻtolmagan nomzodlar ogohlantiriladi.

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursat ichida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: yetakchi mutaxassis F.Ubaydullayevga +998 78 1506006 raqami orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!