×

Germaniya va Fransiyada bakalavriatda o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

23.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

9430 marta

Fransiyaning Sciences Po Universiteti va Germaniyaning Freie Universität Berlin Universitetlarida o’qish uchun ajratilgan Stephen M. Kellen Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant ikkala universitet tomonidan hamkorlikda o’qitiladigan bakalavr kursi uchun mo’ljalangan. Ushbu 4 yillik bakalavr kursining ikki yili Sceinces Po’da, yana ikki yili Freie Universität Berlin’da o’qitiladi. Ikkala universitet ham nufuzli oliygohlardan hisoblanadi va ular jamkorlikda o’qitadigan kurs talabaga katta imkoniyatlar taqdim etadi. Kurs siyosat va siyosiy fanlar yo’nalishida bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stephen M. Kellen grant dasturi doirasida har mavsum 1 nafar eng iqtidorli talabaga to’liq grant beriladi. Grant dasturi doirasida talabaning 4 yillik kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi va unga stipendiya beriladi. Bakalavr kursining Fransiyada o’tadigan 2 yili davomida talabaga yiliga 6000 yevro, Germaniya o’tadigan ikki yili davomida yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ikkala universiet hamkorligida tashkil etilgan bakalavr kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak (bu baholar va erishilgan yutuqlarda namoyon bo’ladi).
  2. Nomzod a’lochi bo’lishi, yuksak yutuqlarga erishgan hamda yuqori salohiyatga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’z qarashlariga va kuchli fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi zarur (bu nomzod topshirgan insholarda namoyon bo’ladi).
  4. Nomzod jonkuyar va mas’uliyatli bo’lishi kerak (bu uning jamiyat va boshqalarga yordam berish maqsadidagi harakatlarida bamoyon bo’ladi).

Bakalvr kursiga qabul talablari:

  1. Nomzod yuqori maktab (kollej, litsey) ta’limini tamomlagaan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod nemis va fransuz tillarini kamida B2 darajasida, ingliz tilini kamida B1 darajasida bilishi kerak.
  3. Nomzod siyosiy fanlarga qiziqish bildirishi va o’zida sohaga qobiliyat namoyon qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun bakalavr kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lish talab etiladi. Bakalvr kursiga hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing. Kursga hujjat topshirgach, grantga ariza berish uchun quyidagi hujjatlarni elektron manziliga jo’nating. Hujjat topshirishning so’nggi muhlati 2019-yil 23-iyun.

  1. Ariza.
  2. Shaxsiy bayonot (personnal statetement) – bunda ingliz tilida hajmi 1000 so’zdan oshmagan insho yozish kerak. Mavzu: “Considering Kellen’s commitment to Berlin, please describe your motivation to study in the city of Berlin”
  3. Ingliz tilida quyidagi mavzuda insho (2000 so’zli) – “Populism and Democracy in Europe”. Please develop a guiding question that problematizes the issue and focuses your essay”

Ma’lumot uchun frank.stadelmaier@sciencespo.fr elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!