×

Germaniyaning Gamburg universiteti: Barcha bosqichlar uchun 1 000 yevrogacha stipendiya; joy – 6 tagacha!


Grant

MUHLAT

15.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

8983 marta

Germaniyaning Gamburg universiteti – Universität Hamburg Merit scholarships for international students enrolled at Universität Hamburg dasturiga 2021-yil oktyabrda boshlanadigan kurslar uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur 2 semestrdan 3 yilgacha moʻljallangan. Grant universitetga o`qishga kirgan barcha bosqich talabalariga beriladi. Doktorantura talabalariga uch yilgacha stipendiya ajratilishi mumkin. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, a’lochi bo`lishi talab etiladi. Grantga bir yilda ikki marta ariza berish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universität Hamburgda oʻqish tekin, yaʼni kontrakt toʻlanmaydi. Lekin chet ellik talaba bir yilga taxminan 656 yevro semester contribution toʻlashi kerak.

Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida har oyda 850 dan 1 000 yevrogacha stipendiya beriladi. Zarur hollarda stipendiya muddati uch yilgacha uzaytirilishi mumkin. Grantga yilda ikki matra hujjat qabul qilinadi va har safar qabul qilingan hujjatlardan 2-3 nafardan, jami bir yilga 4-6 nafar nomzodga stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Grantga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirish uchun dedlayn muddati bosqichlar va semestrga qarab farq qiladi. Grantga esa ariza dedlayni 2021-yil aprelgacha.

Hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida tanlangan kurs sahifasidagi ma’lumotlar orqali batafsil o`rganib chiqing.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza avval onlayn to`ldiriladi, keyin qog`oz variantiga imzo qo`yib, so`raglan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Nemis tili setifikati. TestDAF sertifikati talab qilinadi. Buning uchun til bilish talablari bilan tanishib chiqing.
  • Ingliz tili sertifikati (agar ingliz tilidagi kursni tanlagan bo`lsangiz).
  • Abitur sertifikati so`ralishi mumkin.
  • Tanlangan kurs va bosqichga qarab boshqa qo`shimcha hujjalar talab qilinishi mumkin.
  • Motivatsion xat.
  • Ijtimoiy faollik haqida hujjat (agar bor bo`lsa).
  • Ikkita tavsiyanoma.

*Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: SHU YERDA tanishish mumkin.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari.
  • Qoʻsimcha faoliyat: prezentatsiya, nashr ishlari, ko`gazmalarda qatnashganligi, mukofot va boshqalar.
  • Volontyorlik faoliyati.
  • Moddiy yordamga muhtojligi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan 6-8 hafta oʻtib xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: Nicolai Pudimat
Funding for International Students and Graduates
Department of International Affairs

Manzil:

Mon 10 am–12 noon, Mittelweg 177, Room S 1012,
(only during lecture period) Wed 2–3 pm, Campus Center, Alsterterrasse 1
Universität Hamburg
Telefon: + 49 40 42838 3311

Elektron pochta: stipend-internationalstudent@uni-hamburg.de

Fikr bildirish yopilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!