×

Germaniya: qisqa akademik kurslar uchun 950 yevro grant; safar xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4462 marta

DAAD dasturining turli nemis universitetlari qisqa kurslar uchun ajratgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur bakalavr va magistratura bosqichlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan maqsad talabalarga nemis tili yoki turli yo’nalishlar bo’yicha o’z bilimlarini kengaytirish imkonini berish. Dasturda Germaniyaning oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan bir necha haftalik qisqa kurslar mavjud va DAAD bu kurslarda qatnashishni grant yutgan talabalar uchun moliyalashtirib beradi. Universitet qisqa kurslari kamida 18 kun davom etadi va iyundan dekabrgacha oraliqda bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida o’qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

DAAD grant dasturi doirasida talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talabaga 950 yevro miqdoridagi bir martalik stipendiya beriladi. Nisbatan kam rivojlangan davlatlar fuqarolariga esa 1125 yevro stipendiya ajratiladi (O’zbekistan bu davlatlar royxatida yo’q).
  2. Talabaga safar xarajatlarini qoplash uchun mablag’ beriladi. Bu to’lov dunyoning turli davlatlari uchun turlicha miqdorda bo’lishi mumkin. O’zbekiston uchun bu mablag’ 850 yevroni tashkil etadi. Boshqa davlatlar fuqarolari safar xarajatlariga qancha mablag’ ajratilishini bilmoqchi bolsangiz, bu yerga
  3. Talabaning sog’liq, javobgarlik uchun va shaxsiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi.

Odatda qisqa kurslarga qatnashish kontrakt to’lovi DAAD stipendiyasidan to’g’ridan-to’g’ri chegirib tashlanadi, shuning uchun talabaga stipendiyaning kurs to’loviga to’langandan qolgan qismi beriladi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod magistratura yoki bakalavr bosqichida o’qiyotgan bo’lishi va yoshi kamida 18da bo’lishi zarur.
  2. Bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar 3 yoki 4-kursda o’qiyotgan bo’lishlari zarur.
  3. Nomzod nemis tilini kamida A2 darajasida bilishi zarur. Hujjat topshirish jarayonida nomzodning nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat) ham taqdim etilishi kerak bo’ladi, bu hujjat olinganiga 1 yildan oshmagan bo’lishi zarur. Nemis tilini bilish darajasini onSET-Deutsch, TestDaF, Goethe Institut–Nachweis, DSD, DSH, telc Deutsch, ÖSD-Zertifikat sertifikatlari tasdiqlashi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish DAAD portali orqali amalga oshiriladi. Ariza qismiga o’tishdan oldin portalda ro’yxatdan o’tish kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil.

Ariza topshirishda portalga quyidagi hujjatlarni yuklashingiz kerak:

  1. To’ldirilgan ariza blankasi.
  2. CV (nemis tilida).
  3. Motivatsion xat (nemis tilida).
  4. Baholar (nemis yoki ingliz tilida).
  5. Agar bor bo’lsa, universitet diplomi nusxasi (magistrlar uchun).
  6. Til sertifikatlari.

 Onlayn ariza topshirilgach, DAAD portali tomonidan “Application summary” hujjati tayyorlab beriladi, siz shu hujjatni chop etib, pochta orqali quyidagi manzilga jo’natishingiz ham kerak bo’ladi:

DAAD Information Centre Hongkong und Macau
Room 1126, Academic & Administration Building, Hong Kong Baptist University
Kowloon Tong, Hong Kong
Hong Kong (CN)
Tel.: +852 (34) /115-326
Fax.: +852 (34) /112-749 

Undan tashqari, shu manzilga sizni yaxshi biladigan biror oqituvchi tomonidan siz haqingizda ma’lumot ham jo’natilishi kerak (“reference”). Bu haqida ariza to’ldirish jarayonid abatafsil yo’l-yo’riqlar ko’rsatiladi.

Hujjat topshirishning so’nggi muhlati har yili 1-dekabr.

Nomzodlar ilgari erishgan yutuqlari, motivatsion argumentlari va nemis tilini bilish darajalariga ko’ra saralanadilar. Grant dasturiga qabul qilingan talabalar DAAD tomonidan o’zlari tanlagan yo’nalishlar bo’yicha turli nemis universitetlari kurslariga taqsimlanadilar.

Ma’lumot uchun daadhk@hkbu.edu.hk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!