Belgiyada joylashgan Ghent University tomonidan taqdim etiladigan Special Research Fund – Doctoral Scholarships for Candidates from Developing Countries grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Ghent Universiteti va dunyoning janubiy hududlaridagi rivojlanayotgan davlatlarda joylashgan universitetlar hamkorligida tashkil etilgan qo’shma PhD kurslarida o’qish uchun beriladi. Grantlarni rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari yutib olishlari mumkin. Grantlar 2021-yil 1-oktyabr va 2022-yil 28-fevral oralig’ida boshlanadigan PhD kurslari uchun ajratilgan.
Qo’shma PhD kurslari taxminan 4 yil davom etib, kursning 2 yili Ghent universitetida, qolgan qismi esa hamkor universitetda o’qitiladi (birinchi yil Ghent universitetida, keyingi 2 yil hamkor universitetda, oxirgi yil Ghent Universitetida). Bunda tadqiqotchi Ghent universitet bitta, Janubdagi hamkor universitetdan bitta ilmiy rahbar bilan birga ishlashi kerak bo’ladi.
Grant kimlar uchun?
PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Grantlar talaba PhD kursining Ghent universitetida o’tadigan 2 yili uchun beriladi va 24 oy davomida har oy berib boriladigan 2150 yevro stipendiyani tashkil qiladi. Tadqiqotchining ilmiy rahbariga 310 yevro oylik stipendiya va boshqa xarajatlar uchun 8000 yevro mablag’ ajratiladi.
Hamkor universitetda o’qish xarajatlari uchun tadqiqotchi boshqa manbadan yordam olishi yoki xarajatlarni o’zi qoplashi mumkin. Bu Ghent universiteti va grant dasturi majburiyatiga kirmaydi.
Talablar:
- Nomzod magistratura diplomiga ega bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
- Nomzod Ghent Universiteti va rivojlanayotgan davlatlardan birida joylashgan universitet hamkorligida tashkil etilgan PhD kursiga hujjat topshirishi kerak. Bunday kurslar haqida ma’lumot olish uchun jointPhD@UGent.be manziliga email yuborib, dasturlar haqida ma’lumot so’rashingiz lozim.
- Nomzod Ghent universiteti va hamkor universitetdan ilmiy rahbar topishi va kelishuvga erishishi kerak.
- Nomzod tadqiqot rejasi va loyihasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini hamda hamkor universitetda o’qish uchun kerak bo’ladigan tilni yaxshi bilishi kerak (grantga ariza ingliz tilida tayyorlanishi kerak).
- Grantlar barcha sohalarda tadqiqot uchun berilishi mumkin, ammo rivojlanish (development) mavzusiga oid tadqiqotlarga ustunlik beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2021-yil 4-fevralgacha qabul qilinadi. Natijalar 19-maydan boshlab bu yerda e’lon qilinadi. Hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlarni BOFapplication@ugent.be manziliga email orqali yuboring.
Kerakli hujjatlar:
- Tavsiyanoma (ilmiy rahbar tomonidan to’ldiriladi)
- Etik va bio-xavfsizlik masalalari haqida hujjat (ilmiy rahbar tomonidan to’ldiriladi)
- Ilmiy hisobot.
Hujjat topshirishdan avval Ghent universitetida faoliyat yuritadigan ilmiy rahbar topishingiz zarur. Batafsil bu yerda
Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun: BOFapplication@ugent.be.