Janubiy Koreyada joylashgan The Graduate Institute of Ferrous Technology (GIFT) bakalavriat bosqichi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. GIFT amaliyot dasturida qora metallurgiya (temir va poʻlat) txnologiyalari tadqiqotlari, tizimlari va/yoki GIFT laboratoriyalaridagi mashgʻulotlar (izlanishlar)ga qiziquvchi bakalavriatning 3 va 4-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
Yozgi va qishki amaliyot dasturi davomida talabalar GIFT tadqiqot laboratoriyalarida amaliyot o’tashadi.
Amaliyot dasturi 4 hafta (1 oy) davom etadi. Yozgi amaliyot dasturi har yili iyul oyida, qishki amaliyot dasturi esa har yili yanvar oyida boʻlib oʻtadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- Bepul yotoqxona taʼminlanadi .
- Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachiptalar olib beriladi.
- Yashash xarajatlari uchun muayyan summada stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- Istalgan davlat fuqarolari ushbu dasturga ariza topshira oladi.
- Nomzod dastur boshlanganda bakalavriatning 3 yoki 4-kursi talabasi boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim (TOEFL, IELTS yoki boshqa xalqaro til sertifikatini topshirish talab etiladi).
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar yil davomida qabul qilinadi, biroq ariza va kerakli hujjatlar yozgi yoki qishki amaliyot dasturi uchun belgilangan muddatga qadar topshirilishi lozim.
Qishki amaliyot dasturi uchun sanalar:
- Hujjatlar har yili noyabr oyining 4-juma kuniga qadar qabul qilinadi (eng yaqin muddat: 2022-yil 25-noyabr).
- Qabul natijalari dekabr oyi oxirlarida eʼlon qilinadi.
- Amaliyot dasturi yanvarda boʻlib oʻtadi.
Yozgi amaliyot dasturi uchun sanalar:
- Hujjatlar har yili may oyining 2-juma kuniga qadar qabul qilinadi (eng yaqin muddat: 2023-yil 12-may).
- Qabul natijalari iyun oyining 1-haftasida eʼlon qilinadi.
- Amaliyot dasturi iyulda boʻlib oʻtadi.
Hujjat topshirish uchun ariza shaklini to’ldirib, universitetda olingan baholar (ingliz tilida) bilan birga topshirish kerak. Baholar varaqasida GPA (umumiy o’rtacha baho) ko’rsatilishi zarur. Arizaga tanishtiruv hujjati (Self-introduction) ham ilova qilinadi. Ariza (Application Form (Foreigner)) va tanishtiruv hujjatini (Self-introduction) BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin (Out-of-College Student Internship Program).
Topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar:
- Ariza shakli.
- Universitetda olingan baholar. Baholarning oʻrtachasi (GPA) ariza shaklida koʻrsatilishi kerak.
- Shaxsiy bayonot (Personal Statement).
- IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqaro til sertifikati. Til sertifikati balli kamida necha ball boʻlishi belgilab qoʻyilmagan.
Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi va gift-admission@postech.ac.kr elektron pochta manzili orqali yuborilishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin amaliyot dasturi haqidagi rasmiy maʼlumot bilan tanishib chiqing.
Murojaat uchun: gift-admission@postech.ac.kr