×

Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 300 ta


Grant

MUHLAT

15.07.2025

QOLGAN VAQT

38 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

9 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Glasgow magistratura kurslarida o’qish uchun Global Leadership Scholarship grant dasturiga qabul davom etmoqda. Grant shu universitetdagi istalgan magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Ushbu moliyaviy yordam dasturi doirasida jami 300 nafar talabaga grant ajratiladi va dunyoning barcha davlatlari fuqarolari hujjat topshirishi mumkin.

Grantga alohida hujjat topshirish shart emas. Postgraduate taught magistratura kurslariga hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalardan eng munosiblariga grant belgilanadi. Shuning uchun Glazgo universiteting kurslar katalogi bilan tanishib chiqib, o’zingizga mos magistratura kursini tanlab, hujjat topshirishingiz kifoya.

Maʼlumot uchun: Glasgow universiteti 2025-yil iyun oyi holatiga koʻra dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida 78-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Global Leadership Scholarship grantini yutgan talabaga 10 000 funt sterling (taxminan 13520 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi. Kontrakt to’lovi va boshqa moliyaviy ma’lumotlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Ushbu grant uchun talablar quyidagicha:

  • Nomzod grant ajratiladigan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (bu davlatlar orasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston ham bor).
  • Nomzodning baholari yuqori boʻlishi va bakalavrlik diplomi baholariga koʻra UK 1st Class Honours diplomiga teng boʻlishi kerak (bu odatda Oʻzbekistonlik talabalar uchun 100 ballik tizimda oʻrtacha baho 80 balldan past boʻlmasligi kerakligini anglatadi).
  • Nomzod belgilangan magistratura dasturlari/yoʻnalishlaridan biriga (ular 300 ga yaqin) 2025-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak. Ushbu dasturlar bilan BU YERDA tanishing “Eligible programmes” bandi).

Magistratura kursiga qabul uchun:

  • Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursiga qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • O’zi tanlagan yo’nalishga mos (agar shunday talab bo’lsa) bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  • Ingliz tilini kerakli darajada bilishi kerak.
  • Grant yutish uchun esa akademik, professional va darsdan tashqari boshqa mashg’ulotlarda yuqori salohiyatga ega bo’lishi, yutuqlarga ega bo’lishi va boshqalardan ajratib turuvchi natijalarga erishgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmagani uchun, hujjat topshirishning oxirgi muddati siz tanlagan magistratura kursiga qabulning oxirgi muddati bilan bir xil. Aksariyat magistrlik dasturlariga qabul 2025-yil iyul oyi oʻrtalarigacha davom etadi, lekin batafsil ma’lumot uchun albatta qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.

Onlayn ariza topshirish uchun BU YERDA tegishli magistratura dasturlaridan mosini tanlab, shu dastur sahifasiga kirish va “Apply now” tugmasini bosish kerak. Qabulning oxirgi muddati ham shu sahifada ko’rsatilgan bo’ladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi yoki o’qishni shu yil tamomlash haqida ma’lumotnoma hamda bakalavr kursi baholari – ingliz tilida
  • Tavsiyanoma(lar)
  • Ingliz tili sertifikati – aynan qanday daraja talab qilinishini ko’rish uchun kerakli kurs sahifasiga qarang
  • Pasport nusxasi
  • Tanlangan kurs qabul talablarida keltirilgan boshqa hujjatlar.

Eslatma: CV va shaxsiy bayonot (personal statement) ba’zi kurslar uchun talab qilinadi, ko’pchiligi uchun shart emas. Buni kurs sahifasi orqali tekshirishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!