×

Global Young Academy: tadqiqotchilar uchun 5 yillik aʼzolik va Akademiyaning Yaponiyada boʻladigan marosimida ishtirok etish imkoniyati


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2400 marta

Global Young Academy (GYA) akademiyasi dunyoning turli mamlakatlaridan boʻlgan tadqiqotchilarni akademiyaga aʼzo boʻlishga taklif etmoqda. Aʼzolik 5 yil muddatga beriladi hamda nomzodning 30-40 yoshlardagi, PhD bosqichini tugatib, tabiiy va ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at sohasida mustaqil izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi boʻlishi talab etiladi. GYA Akademiyasi oʻz oldiga dunyo miqyosida yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanni keng omma e’tiboriga havola etish, siyosiy munozaralarda ishtirok etish, xalqaro va fanlararo hamkorlikni rivojlantirish kabilarni maqsad qilgan. Ariza beruvchilar ushbu sohalarning birida yoki bir nechtasida qiziqish yoki tajriba mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Ayni damda Akademiyaga dunyoning 86 davlatidan kelgan 200 nafar tadqiqotchi aʼzo.

GYA’ning yangi a’zolari sifatida tanlangan nomzodlar 2021 yil 16-21 may kunlari Yaponiyada boʻlib oʻtadigan navbatdagi Annual General Meeting – yillik umumiy yigʻinda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

GYA Akademiyasining yangi aʼzolariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Dunyoning turli davlatlaridan kelgan eng iqtidorli olim va tadqiqotchilar bilan birgalikda ishlash
  • 2021 yil 16-21 may kunlari Yaponiyada boʻlib oʻtadigan navbatdagi Annual General Meeting –yigʻinida qatnashish
  • Besh yil davomida akademiya bilan hamkorlikda tadqiqotlar oʻtkazish.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan mamlakat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod PhD bosqichini tugatib, mustaqil tadqiqot olib borayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 30-40 yoshlarda boʻlishi kerak.
  4. Nomzod tabiiy va ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at yoki shu kabi sohalardan biri boʻyicha izlanayotgan tadqiqotchi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Dasturga ayol nomzodlarning ariza berishi qoʻllab-quvvatlanadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlar 2020-yil 15-sentyabrgacha qabul qilinadi. Buning uchun nomzod onlayn arizani toʻldirishi va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga taqdim etishi zarur.
  2. Onlayn ariza toʻldirishni boshlashdan oldin esselarga javoblarni tayyorlab olish tavsiya etiladi. Esselar roʻyxati shu yerda.
  3. GYA Akademiyasiga aʻzolik hamda ariza topshirish jarayoni haqida batafsil maʻlumot olish uchun nomzodlarga oʻz yurtlaridan boʻlgan, oldin/ayni damda akademiyaga aʻzo tadqiqotchilar bilan bogʻlanish tavsiya etiladi. Akademiyaning Oʻzbekistonlik aʻzolari haqidagi maʻlumot shu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. CV (4 sahifadan oshmasligi kerak).
  3. Nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi xat (nomzod va uning tadqiqotlari bilan bevosita tanish boʻlgan shaxs tomonidan).
  4. Tavsiyanoma (ixtiyoriy, shu yerda).
  5. Maʻlumotlarning toʻgʻri va haqiqiyligi haqidagi deklaratsiya (shu yerda)

Dastur haqidagi toʻliq ma’lumotni GYA Akademiyasining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Email: info@globalyoungacademy.net  
Tel: +49 345 47239 170

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!