×

Hong Kong PhD Fellowship Scheme: Gonkongda doktorantura (PhD) uchun 41 ming AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.12.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

5113 marta

Kongkong universitetlari tomonidan umumiy tarzda taklif etilayotgan Hong Kong PhD Fellowship Scheme grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli bo’lajak olimlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Dastur Gong Kongdagi quyidagi 8 universitet PhD kurslarini o’z ichiga oladi:

  • City University of Hong Kong
  • Hong Kong Baptist University
  • Lingnan University
  • The Chinese University of Hong Kong
  • The Education University of Hong Kong
  • The Hong Kong Polytechnic University
  • The Hong Kong University of Science and Technology
  • The University of Hong Kong

Dastur doirasida 300 nafar talabaga grant berlishi rejalashtirilgan. Yuqoridagi universitetlar deyarli barcha sohalar boʻyicha PhD dasturlarini taklif qiladi. Sohalarni aniq bilib olish uchun universitetlar saytiga tashrif buyuring.

Dasturga qabul qilinganlar oʻqishni 2023-yil kuzgi semestrdan boshlaydi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantning manfatatli jihatlari

Hong Kong PhD Fellowship dasturi grantini qoʻlga kiritganlar 3 yilgacha boʻlgan muddat davomida yiliga 325 200 Gonkong dollari (41 690 AQSh dollari) miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi. Undan tashqari, talaba taqdiqot maqsadida tadbirlarda qatnashish yo’l xarajatlarini qoplash uchun yiliga 13 600 Gonkong dollari (1740 AQSh dollari) miqdorida qo’shimcha mablag’ ham ajratiladi. PhD dasturi 3 yildan ortiq davom etadigan universitetlar dastur tugaguncha yuqoridagi mablagʻlar bilan taʼminlashi mumkin.

Talablar:

Davlati, oldingiz ish tajribasi va etnik kelib chiqishidan qatʼi nazar, yuqoridagi universitetlardan biridagi PhD dasturi kunduzgi taʼlimga (full-time) topshiruvchi nomzodlarning barchasi ushbu grantga ariza topshirishi mumkin.

Nomzod oʻzi topshirayotgan universitetdagi PhD dasturining qabul talablariga (ingliz tilini bilish darajasi, magistratura yoki bakalavriatni bitirganlik va h.k.) mos boʻlishi kerak. Bu talablar va universitetlarda mavjud PhD dasturlari bilan BU YERDA tanishing..

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:

  1. Akademik yutuqlari.
  2. Tadqiqot olib borish qobiliyati va potensiali.
  3. Muloqot va insonlar bilan munosabatga kirishish koʻnikmalari.
  4. Yetakchilik qobiliyati.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi. Dasturga ariza topshirish 2 bosqichdan ibora.

1-bosqich: dastlabki ariza (grantga ariza topshirish). Dastlab, nomzodlar dasturning ariza topshirish tizimida grantga ariza topshirishi zarur zarur. Bunda nomzoda yuqoridagi universitetlardagi PhD dasturlariga topshirish uchun HKPFS Reference Number (HKPFS yoʻllanma raqami) beriladi. Nomzodlar ariza topshirishda 2 tagacha PhD dasturi / kafedrasi yoki universitet tanlashi mumkin. Dastlabki ariza topshirish jarayoni boʻyicha yoʻriqnomani BU YERDAN topasiz.

2-bosqich: universitetga ariza topshirish. Yoʻllanma raqamini olgach, nomzod kerakli universitetdagi PhD dasturiga ariza topshiradi. Grant dasturiga va universitetda ariza topshirish muhlati deyarli bir xil (1-2 kun farq qilishi mumkin). Shu sababli grantga imkon qadar ertaroq ariza topshirish zarur. Mavjud universitetlar, ulardagi PhD dasturlari, qabul talablari va boshqa maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsi tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan HKPF@ugc.edu.hk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz  mumkin.

Ma’lumot uchun:

Savol-javoblar

City university of Hong Kong – (852) 3442 9076, sgfellow@cityu.edu.hk

Hong Kong Baptist University -(852) 3411 5127, https://gs.hkbu.edu.hk/enquiry

Lingnan University – (852) 2616 8750, rpgadm@LN.edu.hk

The Chinese University of Hong Kong – (852) 3943 8976, gradschool@cuhk.edu.hk

The Education University of hong Kong – (852) 2948 7283, (852) 2948 6611, rpg@eduhk.hk

The Hong Kong Polytechnic University – (852) 2623 1120, rpg.ust.hk/enquiry

The University of Hong Kong – (852) 2857 3470, gradsch@hku.hk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!