×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

20.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2610 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan London School of Economics and Political Science universiteti International Inequalities Institute (III) fakultetining The Atlantic Fellowships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar III fakultetidagi ijtimoiy tenglik va adolat yo’nalishlaridagi magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli, umidli va yuksak yetakchilik qobiliyatlariga ega eng munosib talabalarga beriladi. Ushbu magistratura kurslari ijtimoiy tenglik va adolatni rivojlantirish hamda targ’ib qilishga tayyor talabalarga kerakli bilim, ko’nikma va motivatsiya berish uchun moslab ishlab chiqilgan kurslar hisoblanadi va bu kurslarda talabalarga kuchli mutaxassislar bilim beradilar. The Atlantic Fellows grant dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

The Atlantic Fellows grant dasturi davomida sirtqi holda yoki to’liq stavkada o’qish mumkin. to’liq stavkali o’qish bir yil bo’ladi, sirtqisi esa butun kurs davomida 5 hafta Buyuk Britaniyada bo’lishni talab etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Atlantic Fellowships grant dasturi doirasida grant berilgan talaba quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  1. Talabaning butun o’quv konktakti qoplab beriladi.
  2. Talabaga diplom ishini yozishi uchun 3000 funt sterling pul mablag’I beriladi.
  3. London va Keyptaun shaharlariga safar xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Nomzodning transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ijtimoiy tenglik va adolat ishlariga oid sohada kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nozmod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ijtimoiy tenglik va adolat sohasiga chuqur qiziqish bildiradigan, uni targ’ib qilishga tayyor va buning uchun yetarli bo’lgan liderlik qobiliyati va potensialga ega bo’lishi zarur.
  4. Nomzod o’zida kelajakda bu sohada muvaffaqqiyatli ishlay olish uchun yuqori potensial aks ettirishi zarur.
  5. Nomzod ijodiy va innovativ g’oyalar bera olish darajasida fikrlashi zarur.
  6. Nomzod o’z oldiga ulkan maqsadlar qo’ygan bo’lishi va ularga yetish uchun harakat qiladigan shaxs bo’lishi kerak. dasturga maqsadlari va imkoniyatlari eng kuchli bo’lgan nomzodlar qabul qilinadi.
  7. Nomzod ijtimoiy va hissiy jihatdan ulg’aygan shaxs bo’lishi zarur.
  8. Nomzod jamoa bo’lib hamkorlikda ishlash tarafdori bo’lishi kerak.
  9. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va IELTS’dan kamida 7 ball olgan bo’lishi kerak. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Rezidensiya ko’rinishidagi dastur, ya’ni bir yil Buyuk Britaniyada yashash imkonini beradigan dastur uchun ham, o’z ishi va vatanidan ketmay turib o’qib, butun kurs uchun atiga 5 hafta Buyuk Britaniyaga kelib-ketiladigan sirtqi dastur uchun ham hujjatlar 2018-yil 20-noyabrga qadar qabul qilinadi. Dasturlarga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun onlayn ariza beriladi, bundan oldin esa saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

Ma’lumot uchun savol-javoblarni ko’rib chiqishingiz yoki afsee@lse.ac.uk elektron  manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!