×

Gretsiya: magistratura uchun 50% grant


Grant

MUHLAT

15.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gretsiya

O'QILGAN

2228 marta

Gretsiyada joylashgan ALBA Graduate Business School oliygohining Chris Argyris Scholarship in Organizational Behavior grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi shu universitetda o’qitiladigan MSc in Strategic HRM (Strategik kadrlar boshqaruvi) magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar ko’rsatilgan magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan eng umidli va iqtidorli 2 nafar talabaga berilishi rejalashtirilgan. Grant dasturidan maqsad umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Strategic HRM magistratura kursi 18 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chris Argyris grantini yutib olgan talabalarning o’qish kontraktlari to’lovining 50% qismi universitet tomonidan qoplab beriladi. Kontrakt to’lovi butun kurs uchun (18 oy) 12500 yevro.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ALBA Graduate Business School’ning Strategic HRM kursiga o’qishga qabul qilinishi kerak. Kursga qabul talablari quyidagicha:
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va a’lo baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod hozirda ishlayotgan bo’lishi zarur – nomzod yo biror joyda ishlashi yoki shaxsiy biznesiga ega bo’lishi talab etiladi.
  4. Nomozd GMAT yoki GRE testlarini muvaffaqqiyatli topshirgan bo’lishi muhim – GMAT’dan kamida 500 ball, GRE’dan esa kamida 152 ball to’plagan nomzodlard grant yutib olish imkoniyati ortadi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Strategic HRM kursiga onlayn ariza topshirish bu yerda amalga oshiriladi. Ariza topshirish uchun tizimda ro’yxatdan o’tish kerak. Ro’yxatdan o’tib, ariza to’ldirish jarayoni boshlanganda kerakli hujjatlar ro’yhatida ko’rsatilgan uchta insho mavulari ham beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Fotosurat.
  2. To’liq va to’g’ri to’ldirilgan ariza.
  3. Grek yoki ingliz tilida yozilgan 2 ta tavsiyanoma.
  4. Diplom va baholar rasmiy tarjimalari bilan.
  5. Ingliz tili testi sertifikati.
  6. GMAT yoki GRE testi natijalari.
  7. Uchta insho.

Kursga ariza topshirishdan oldin bu yerdagi grant uchun anketani to’ldirib, topshirib qo’yish kerak, shunda nomzod kurslar uchun belgilangan grantlarga nomzodlikka qo’yiladi.

Murojaat uchun:
Telefon: +30 210 89.64.531-8
Faks: +30 210 89.63.302
E-mail: mshrm@alba.acg.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!