×

Hakuho Japanese Research Fellowship: yapon tili va madaniyati bo’yicha tadqiqot uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2709 marta

Hakuho Foundation jamg’armasi xorijlik tadqiqotchi va olimlar, oliy ta’lim muassasalari (OTM) o’qituvchilari uchun Hakuho Japanese Research Fellowship tadqiqot dasturini taklif etmoqda. Dastur yapon tili va madaniyati sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan, yapon tilini o’qitish bo’yicha malakaga ega bo’lish maqsadidagi nomzodlar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar yapon oliy ta’lim muassasalarida qisqa (6 oy) va uzoq (12 oy) muddatli tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dastur doirasida quyidagi mavzularda tadqiqotlar olib boriladi:

  • Yapon Tili
  • Yapon TIlini O’qitish
  • Yapon Adabiyoti
  • Yapon Madaniyati

Dastur ishtirokchilari Yaponiyaning quyidagi OTM`larining biri bilan hamkorlikda tadqiqot olib borishlari mumkin:

  • International Research Center for Japanese Studies
  • The Japan Foundation Japanese-Language Institute, Urawa
  • Kyoto University
  • National Institute for Japanese Language and Linguistics
  • Ochanomizu University
  • Ritsumeikan University
  • Tokyo University of Foreign Studies
  • Waseda University

Grant kimlar uchun?

OTM o’qituvchilari, olim va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilarning aviachipta, turar joy, oziq-ovqat, tadqiqot va boshqalar bilan bog’liq barcha xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod yaponiya fuqarosi bo’lmasligi yoki 10 yildan ortiq Yaponiyada istiqomat qilmagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod OTM yoki ta’lim bilan bog’liq tadqiqot institutlarida faoliyat olib borishi kerak.
  3. Nomzod kamida doktorlik yoki postdoktorlik darajasiga ega bo’lgan professor, olim yoki tadqiqotchi bo’lishi zarur.
  4. 2020-yil 31-dekabgacha doktorlik darajasini olishi kutilayotgan nomzodlar ham dasturga ariza berishlari mumkin.
  5. Nomzod yuqoridagi mavzular bo’yicha tadqiqotlar olib borishi va yapon tilini yaxshi bilishi talab etiladi.
  6. Ariza berishidan avval nomzod o’zi ishlayotgan muassasadan ruxsat olishi kerak.
  7. Nomzod amaliyot dasturi oxirigacha Yaponiyada qola olishi zarur.
  8. Doktorlik tezisini yozish maqsadida dasturda qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlardan arizalar qabul qilinmaydi.
  9. Dastur oxirida barcha qatnashchilar jamg’arma hay’atiga tadqiqotlaridan olingan xulosani taqdim etishlari zarur.
  10. Agar nomzod munosib deb topilsa, 2021-yildan tadqiqot boshlashi mumkin bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2020-yil 30-oktabrgacha qabul qilinadi. Buning uchun nomzod onlayn arizani to’ldirishi va tavsiyanoma bilan birga taqdim etishi zarur. Tavsiyanoma nomzod ishlaydigan tashkilot rahbari tomonidan berilgan bo’lishi kerak.

Ariza berish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda berilgan (yapon tilida).

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +81 3 6435 8140

Fax: +81 3 6435 8790

Email: ip-office@hakuhofoundation-ip.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!