×

Hindiston: Mehmonxona ishi va turizm boʻyicha 26 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va 306 AQSh dollar stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

19.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Hindiston

O'QILGAN

2205 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Hindistonning Jodpur shahrida joylashgan The Fern Residency 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilini biladigan turizm va mehmonxona ishi sohasi mutaxassislarini [Hospitality] Guest Relations Executive Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Hindistonning Jodpur shahrida joylashgan The Fern Residencyda mijozlarni jalb etish strategiyalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Dastur 2019-yil 1-avgustdan 2020-yil 31-yanvar oraligʻida 26 hafta davom etadi. Nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Remain calm and empathetic to the guest problem.
  • Plan and Coordinate hotel housing activities by working closely with Sales, Catering
  • Ensure seamless transitions between shifts.
  • To attend and/or conduct meetings as and when required.
  • Handle all emergencies and guest relations.

Grant kimlar uchun?

18 -30 yoshli turizm va mehmonxona ishi sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 26 hafta davomida bepul turar joy, kompyuter va 3 mahal oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 21 000 INR ( taxminan 306 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 -30 yoshda boʻlishi kerak.
  • Nomzod Tourism and Hotel Management sohalari boʻyicha yuqori maktabni tamomlagan yoki bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  • Nomzod MS DOS va Relationship Management koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod Internship Visa (I type) yoki Student Visa rasmiylashtirishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 19-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Eslatma:

  • Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
  • Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Jodpurdagi vakilidan kaustubh.gupta@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; kaustubh.gupta@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!