Xalqaro AIESEC tashkiloti va Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan NES International School Mumbai 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilini biladigan musiqa oʻqituvchilarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan NES International Schoolda International Mindedness program dasturi doirasida Western Music boʻyicha dars berish imkonini beradi. Dastur 2019-yil 15-avgustdan 2020-yil 31-may oraligʻida 41 hafta davom etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Demonstrate and explain basic skills; impart fundamental knowledge on music and instruments.
- Be a part of International Mindedness program.
- Liaise with academic staff and parents
- Assessing pupils’ abilities, providing feedback and writing reports
- Active participation in school activities
- Be a passionate mentor and role model to each NESISM student
Grant kimlar uchun?
18 -30 yoshli musiqa oʻqituvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 41 hafta davomida bepul turar joy, kompyuter va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 30 000 INR ( taxminan 437 USD) stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod 18 -30 yoshli oʻqituvchi boʻlishi kerak.
- Nomzod Education, Music sohalari boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR kamida B2-C1 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod Coaching, Empowerment Of Others, Personal Skills And Knowledge, Professional Skills, Strategic Planning koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
- Nomzod Internship Visa (I type) yoki Student Visa rasmiylashtirishi lozim.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
- Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-iyulgacha.
- Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
- Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
- Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
- Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.
Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:
- CV/resume.
- Shaxsiy ma’lumotlar.
- Skills (koʻnikmalar).
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
- Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
- Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.
Eslatma:
- Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
- Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
- Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
- Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
- Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Mumbaydagi vakilidan krishnav.roy@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
- 7 kun ichida International Scholl nomzodlarni suhbatdan oʻtkazadi.
Nomzodlarni saralash ularning musiqaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Murojaat uchun: onlayn chat; krishnav.roy@aiesec.net