Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2022-2023-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Honors College scholarships grantlariga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Honors College bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grant yutib olgan nomzod boshqa talabalarga yordam berishi hamda kollejda tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtirok etishi kerak.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2021-22-oʻquv yili uchun taxminan 32 671 AQSH dollari. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 48 470 AQSH dollari mablagʻ sarflaydi.
Hozirda Honors College scholarships grantlarining quyidagi turlari taklif etilmoqda:
1. Bepko Scholars Program – bu grant yiliga 1 nafar talabaga ajratiladi va u quyidagi imtiyozlarni taqdim etiladi:
- 4 yilgacha boʻlgan muddatga (toʻliq oʻqish davrida) kontrakt puli va voshqa badallar toʻliq qoplab beriladi.
- Darsliklar xarajatlari qoplanadi.
- Xorijda oʻqish tajribasi uchun uchun 2500 dollar stipendiya ajratiladi.
- 2 yilgacha bepul turar joy bilan ta’minlanadi. Bunda nomzod oʻqishning birinchi yilida Honors Residential Based Learning Community (RBLC)da yashaydi.
2. Plater International Scholars Program – bu grant yiliga 1 nafar talabaga ajratiladi va u quyidagi imtiyozlarni taqdim etiladi:
- 4 yilgacha yiliga 27 000 dollar mablagʻ ajratiladi.
- Xorijda oʻqish tajribasi uchun uchun 2500 dollar stipendiya ajratiladi.
3. IUPUI Chancellor’s Scholar Program quyidagi imtiyozlarni taqdim etiladi:
- 4 yilgacha yiliga 19 000 dollar mablagʻ ajratiladi.
- Xorijda oʻqish tajribasi uchun uchun 2500 dollar stipendiya ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod dastlab IUPUI universitetida kuzgi semestrda oʻqish uchun 2021-yil 1-noyabrgacha BU YERDA ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
- Nomzod IUPUIga qabul qilingandan keyin 2021-yil 15-noyabrgacha universitet tarkibidagi Honors College bakalavriat kurslaridan biriga va grantiga ariza topshirishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun baholar 4,0 dan kamida 3,75 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod boshqa talabalarga yordam berishi hamda kollejda tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtirok etishi lozim.
- Nomzod SAT yoki ACT sertifikatini topshirish majburiy emas, lekin topshirish tavsiya etiladi. Bunday sertifikatga va unda yuqori ballga ega boʻlish nomzodning grat yutishiga ijobiy taʼsir qiladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5.5 yoki TOEFL iBT 60 ball boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
- Nomzoddan esse yozib topshirish soʻraladi.
- Nomzod grant uchun arizani toʻliq va toʻgʻri toʻldirishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval oʻqishga kirishga hujjat topshirish lozim. Keyin grantga alohida ariza berish talab qilinadi.
Bakalavrlik kursiga hujjat topshirishning oxirgi sanasi – 2021-yil 1-noyabr.
Honors College va uning grantlariiga ariza topshirishning oxirgi sanasi – 2021-yil 15-noyabr. Nomzodlar bir yoki birnechta Honors College grantlariga ariza topshirishi mumkin.
Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Dastlab IUPUI bakalavriat kurslaridan biriga shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
- Onlayn ariza toʻldirish Apply UI yoki Common Application orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 65 AQSh dollar badal toʻlah kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻib chiqilmaydi.
- Keyin soʻralgan hujjatlarni Atlas tizimiga yuklang. Bu haqida batafsil: shu yerda oʻqib chiqing.
- Baholaringiz qabul qilingandan keyin universitetning sizni qabul qilganlik yoki qilmaganlik qarorini kutasiz. Bu xabar Atlas tizimi orqali yuboriladi.
- Keyin tizimga Financial Support Agreement hujjatini topshirasiz. Bu viza masalasini hal qilish uchun kerak.
- Shundan soʻng universitetga talaba sifatida qabul qilinganlik boʻyicha 100 dollar deposit toʻlanadi. Oʻqishboshlangandan keyin bu pul talabaga qaytariladi.
IUPUI universitetiga ariza topshirishda kerakli hujjatlar tarkibi:
- Onlayn toʻldirilgan ariza.
- Maktab, litsey yoki kollejda olingan baholar..
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 5.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- ACT yoki SAT sertifikati (bu hujjatni topshirish majburiy emas, ixtiyoriy).
- Oxirgi oʻrta taʼlimni bitirgandan keyingi vaqt haqidagi tushuntirish. Buni faqat oʻrta taʼlim muassasasini bitirganiga 3 oydan oshgan nomzodlar topshiradi va bitirgandan beri nimalar qilganini tushuntiradi.
- Viza holatini aniqlashtirish hujjati. buni faqat hujjat topshrish jarayonida AQSHda boʻlib turgan nomzodlar topshiradi.
- Pasport nusxasi.
Honors College grantlariga faqat IUPUIga ariza topshirgandan keyingina hujjat topshirish mumkin (IUPUI Scholarship Application orqali).
Stipendiya olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- Arizaga 800-1000 ta soʻzgacha esse yozish kerak. Inshoda nimalar yozilishi qaysi grantga topshirayotganingizga qarab farq qiladi. Batafsil BU YERDA tanishing..
- Grant rezyumesi. IUPUI Scholarship Application arizasini toʻldirishda volontyorlik faoliyatingiz, erishgan yutuqlaringiz haqida yozish kerak boʻladi.
- Tavsiyanoma. Qaysi grantga topshirishga qarab, 1 ta yoki 2 ta tavsiyanoma soʻralishi mumkin. 1 ta tavsiyona taqdim qilinganda bu tavsiyanomani maktab maslahatchisi beradi (Oʻzbekiston maktablarida maktab maslahatchisi lavozimi yoʻq, shu uchun buni direktor yoki direktor oʻrinbosari bersa boʻladi). 2-tavsiyanomani esa yana boshqa bir kishi berishi kerak boʻladi (tavsiya beruvchi nomzodning oila aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Nomzodlar tavsiya beruvchi(lar)ning kontakt maʼlumotlarini onlaynariza tizimiga kiritadi, soʻng tavsiya beruvchilarga tavsiyanomani taqdim etishlari uchun email boradi.
- Nomzodning yozma ishidan namuna.
- Baholar. Agar IUPUIga baholaringizni topshirgan boʻlsangiz, shunig oʻzi yetarli.
IUPUIga oʻqishga kirishga topshiriladigan barcha hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing. Grantga hujjat topshirish va hujjatlar roʻyxati bilan esa: shu yerdan maʼlumot oling.
IUPUIga qabul qilinganingizan keyin IUPUI Honors Collegeʼga IUPUI Scholarship Application arizsi orqali hujjat topshirishingiz mumkin boʻladi. Agar shunda ham onlayn tizimda Honors College Application arizasini topa olmasangiz, lekin oʻzingizni grant uchun mos deb bilsangiz, quyidagi emailga murojaat qiling: honors@iupui.edu.