Rossiyaning eng katta va eng nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan Milliy tadqiqot univesiteti oliy iqtisod maktabi (the National Research University Higher School of Economics) 2018-2019-o’quv yillarida magistraturada o’qishni xohlovchi iqtidorli talabalarga «Russian Government Scholarship» to’liq grant dasturini e’lon qiladi.
O’qish sohasi: To’liq grant quyidagi sohalarga ajratiladi:
- Applied and Interdisciplinary History: Usable Pasts
- Applied Social Psychology
- Big Data Systems
- Cognitive Sciences and Technologies: From Neuron to Cognition
- Comparative Politics of Eurasia
- Comparative Social Research
- Data Science
- Finance
- Financial Economics
- Governance of Science, Technology, and Innovation
- Linguistic Theory and Language Description
- Management and Analytics for Business
- Mathematics
- Political Analysis and Public Policy
- Politics. Economics. Philosophy
- Population and Development
- Socioeconomic and Political Development of Modern Asia
- Statistical Learning Theory
- Strategic Corporate Finance
- System and Software Engineering
Grant kimlar uchun?
2018-2019-O’QUV YILIDA MAGISTRATURADA TAHSIL OLISHNI XOHLOVCHI TALABALAR UCHUN
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo’lga kiritganlarga kontrakt puli to’liq to’lab beriladi (kontrakt puli yo’nalishga qarab 210,000 – 370,000 rublni tashkil etadi). Biroq talabaga yashash xarajatlari uchun alohida stipendiya ajratilmaydi va bu xarajatlarni talabaning o’zi qoplashi lozim.
Talablar:
- Bakalavr diplomi. Agar siz hozirda ohirgi bosqichda o’qiyotgan bo’lsangiz, dasturga taqdim etish uchun reyting daftarchasi.
- Ingliz tilini xalqaro jurnal, darsliklarni o’qib tushuna oladigan hamda ingliz tili darslarida qatnasha oladigan darajada bilish. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL yoki CAE) taqdim etishlari kerak.
- Iqtisodiyot sohalariga topshiruvchilar bakalavr darajasida makro- va mikroiqtisodiyotdan bilimga ega bo’lishi kerak
- Iqtisod sohasiga topshiruvchilarning GMAT yoki GRE ballariga ega ekanligi qabul qilinish ehtimolini oshiradi.
Ingliz tiliga qo’yilgan talablar: Nomzod quyidagi natijalarga ega bo’lishi kerak:
- TOEFL ibT – 60, pbT – 500; IELTS – 5
- Ona tilisi ingliz tili bo’lgan yoki ingliz tilida o’tkazilgan dasturlar bitiruvchilardan ingliz tilini bilish darajasi imtihonlari talab qilinmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
- Hujjat topshirish hech qanday to’lovlarsiz amalga oshiriladi. Talabalar to’liq yoki qisman grantga onlayn intervyu orqali tanlab olinadi. Qisman grant haqida SHU YERDA tanishing.
Qanday hujjatlar topshiriladi:
- Rezyume/CV. Iltimos, standart CV taqdim eting. Unda kamida ta’lim jarayonidagi yutuqlaringiz, mehnat va tadqiqot faoliyatingiz, maqolalaringiz (agar bo’lsa), hamda til bilish darajangiz ko’rsatilishi kerak.
- Motivatsion xat (300-500 so’zdan iborat). Bu xat ushbu dasturga topshiringiz sabablari, karyerangizdagi maqsadlarni va shu kungacha olgan tajribalaringizni o’zida aks ettirishi kerak.
- Diplom va ilovani skanerlangan nusxasi
- Agar hali bakalavr diplomini olmagan bo’lsangiz, oxirgi semestrni reyting ballarini rasmiy nusxasini topshiring.
- Ikkita tavsiyanoma (kamida biri akademik jihatdan sizga tanish shaxs bo’lishi kerak)
- Tavsiyanoma berayotgan shaxslarni HSE tavsiyanoma bo’yicha yo’riqnomasi bilan tanishtirib chiqing.