×

Human Rights Advocates Program: inson huquqlari faollari uchun AQShda 4 oylik trening


Grant

MUHLAT

15.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2018 marta

Inson huquqlari faollari uchun mo’ljallangan Human Rights Advocates Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda nodavlat tashkilotlarda ishlab, jinsiy va jinsga asoslangan zo’ravonlik, ozchiliklar huquqlari, LGBTQI + huquqlari, mehnat huquqlari, mahalliy aholi huquqlari, migratsiya, sog’liqni saqlash, ijtimoiy chetlashtirilganlar huquqlari, ekologik adolat, nogironlar huquqlari va korporativ ijtimoiy javobgarlik kabi masalalar bo’yicha aktivistlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

Dasturga nomzodlarning mutaxassisligi turlicha bo’lishi mumkin: huquqshunoslar, jurnalistlar, shifokorlar, o’qituvchilar, ijtimoiy xizmatchilar va inson huquqlari targ’iboti bilan shug’ullanib kelayotgan istalgan soha vakillari ariza topshirishi mumkin.

Dastur tuzilishi

Dastur 4 oylik intensiv trening ko’rinishida bo’ladi. Qabul qilinganlar AQShda joylashgan Columbia University’da magistratura talabalariga o’tiladigan tegishli fanlardan kamida 2 tasida ishtirok etadi. Bu dastur magistratura kursi emas, faqat tegishli ba’zi fanlar o’tiladi, xolos.

Dastur vaqtida seminarlar, ma’ruza, trening va qo’shimcha mashg’ulotlar bo’ladi. AQShning Vashington shahriga bir haftalik tashrifni ham o’z ichiga oladi. Ishtirokchilar talabalar bilan birga yashaydi va turli madaniy, ijtimoiy mashg’ulotlarda qatnashadi. Trening dasturida bo’ladigan mashg’ulotlar haqida batafsil bu yerda tanishing.

Dastur 2021-yil yoz va qish oralig’ida AQShda o’tkazilish kutilmoqda. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, 2021-yil yozga yaqin dastur o’tkazilish sanalari va qo’shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi. Pandemiya sharoiti og’irlashsa, dastur keyingi yilga surilishi yoki onlayn tarzda o’tkazilish ham mumkin. Bu haqida rasmiy e’londa keyinchalik ma’lum qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Inson huquqlari aktivistlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilardan cheklangan miqdordagi, eng munosiblariga ishtirok etish uchun moliyaviy yordam ajratiladi. Grant miqdori va grant berilganlar soni ariza natijalari bilan bir e’lon qilinadi.

Ishtirokchilarning aksariyat qismi yashash xarajatlarini o’z hisobidan qoplashi kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Dasturga qabul nomzodning inson huquqlari targ’iboti bo’yicha ish tajribasi, erishgan yutuqlari, inson huquqlari sohasiga qiziqishi hamda dasturda ishtirok etishga umumiy layoqatiga asosan saralanadi.
  • Nomzod nodavlat tashkilotda ishlashi va inson huquqlari targ’ibotiga aloqador faoliyat bilan shug’ullanayotgan bo’lishi kerak.
  • Dasturga qabul qilingan nomzodlar trening nihoyasiga yetganda yana o’z ish joyiga qaytishi lozim.
  • Davlat tashkilotlari xodimlari va full-time shaklida o’qiyotgan talabalarning arizasi qabul qilinmaydi.
  • Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 15-aprel. Natijalar 30-iyungacha e’lon qilinadi.

Ariza topshirish uchun eng muhim hujjatlardan biri – tavsiyanoma. Nomzod inson huquqlari targ’ibotiga oid faoliyatini tasdiqlashi mumkin bo’lgan shaxslardan 2 ta tavsiyanoma topshirishi kerak bo’ladi. Ish joyidan ma’lumotnoma alohida hujjat va uni tavsiyanoma sifatida topshirish mumkin emas. Tavsiyanomalar qabul uchun juda muhim hisoblanadi va topshirilgan tavsiyanomalarda tavsiya beruvchining ism-sharifi, telefon va e-maili, imzosi ko’rsatilishi shart.

Savollaringiz bo’lsa, savol-javoblar (FAQ) sahifasi bilan tanishib chiqing.

Murojaat uchun: hradvocates@columbia.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!