×

Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi


Grant

MUHLAT

03.02.2025

QOLGAN VAQT

60 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5646 marta

AQSHda joylashgan Amerika universitetining Vashington huquq maktabi tarkibidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq akademiyasi navbatdagi Human Rights Essay Award (Inson huquqlari boʻyicha ilmiy maqolalar uchun mukofot) tanloviga maqolalar qabul qilmoqda. Ushbu tanlov xalqaro inson huquqlari sohasidagi ilmiy ishlar yaratilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili oʻtkazib kelinadi.

Tanlov doirasida ingliz va ispan tillaridagi maqolalar qabul qilinadi hamda tanlov yakunida har bir til boʻyicha 1 nafardan gʻolib aniqlanadi.

Bu yilgi tanlovning asosiy mavzusi “Human Trafficking and Human Rights” boʻlib, nomzodlar shu mavzuga aloqador istalgan mavzudagi ilmiy maqolasi bilan qatnashishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Huquq sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir tili boʻyicha gʻolib boʻlgan mualliflar quyidagicha taqdirlanadi:

  • “Program of Advanced Studies on Human Rights and Humanitarian Law” dasturi boʻyicha diplomli yoki sertifikatli kursda oʻqish uchun toʻliq grant (bu grant faqat ushbu kurs toʻlovidan ozod qiladi, safar, turar joy xarajatlari va kunlik xarajatlar qoplab berilmaydi). Bu kurs 2025-yil 26-maydan 13-iyungacha davom etadi.
  • Agar goʻlib maqolalar chop etish standartlariga mos boʻlsa, The American University International Law Review (AUILR) nashrida chop etiladi.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Nomzodlar huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi hamda xalqaro inson huquqlari sohasida tajribaga yoki shu sohaga qiziqishga ega boʻlishi lozim.
  • Oʻtgan yilgi tanlov gʻoliblari qatnasha olmaydi.
  • Nomzodlar tanlovning asosiy mavzusiga oid istalgan mavzuda maqola yozishi mumkin.
  • Maqola ingliz yoki ispan tilida boʻlishi, oldin nashr qilinmagan va faqatgina nomzodning oʻzi tomonidan yozilgan boʻlishi lozim.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta maqola topshirishi mumkin.
  • Maqolada maqola muallifining ismi keltirilmasligi kerak.
  • Maqolalar faqat onlayn shaklda Word fayl shaklida qabul qilinadi.
  • Maqola hajmi pastki iqtiboslar bilan hisoblaganda 35 betdan oshib ketmasligi kerak. Maqola matni Times New Roman 12 shriftida va 2 intervalda, pastki iqtiboslar (footnotes) Times New Roman 10 shrifti va 1 intervalda yozilishi, harflar/belgilar orasidagi boʻsh joy “normal” boʻlishi kerak. Maqola yozilgan Word fayl formati “Letter” formatida boʻlishi (8.5 x 11 duym/21.59 x 27.94 sm) va barcha taraflaridagi qoldirilan joy 1 duym (2.54 sm) boʻlishi kerak. Sanalgan format talablariga mos boʻlmagan maqola qayta formatlanadi va ishtirokchidan 5 ball olib tashlanadi. 35 betdan uzun maqoalalar tanlovdan chiqarib yuboriladi. Topshirilgan ishlar huquqiy maqola boʻlishi, pastki iqtiboslarni oʻz ichiga olgan boʻlishi shart. Iqtibossiz maqolalar talovdan chiqarib yuboriladi.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga maqolalar 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi. Maqolalar onlayn tarzda maxsus shaklni toʻldirish orqali topshiriladi. Email orqali yuborilgan maqolalar qabul qilinmaydi. Maqola bilan birga CV (rezyume) ham topshirilishi kerak (maxsus shaklga yuklanadi). CV pdf formatda boʻlishi va 3 betdan oshib ketmasligi kerak.

Maqola qabul qilinganda ishtirokchiga email orqali qabul qilinganlik haqida tasdiq yuboriladi. Agar 48 ish soati ichida tasdiq olmasangiz, maqola qabul qilinganiga ishonch hosil qilish uchun tashkilotchilarga email yozishingiz mumkin.

Tanlov natijalari 2025-yil 1-aprelda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Maqola topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon va tanlov qoidalarini batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan humanrightsessay@wcl.american.edu elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!