×

Humboldt Residency Programme: Oziq-ovqat kelajagi mavzusida Germaniyada rezidensiya dasturi


Grant

MUHLAT

09.12.2024

QOLGAN VAQT

25 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

334 marta

Har yili Humboldt Residency Programme dasturi ishtirokchilarga umumiy mavzu bo‘yicha intensiv hamkorlik qilish, yangi g‘oyalar yaratish va ularni keng auditoriyaga yetkazish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu dasturning 2025-yilgi mavzusi – “Oziq-ovqat kelajagi”. Dasturning kichik mavzulari bilan BU YERDA tanishing.

Bu dastur yozuvchilar, sanʼat sohasi vakillari (rassomlar vah.k.0), yozuvchilar, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati vakillari va ijtimoiy tadbirkorlar kabi ishtirokchilar va kichik tadqiqotchilardan iborat 12 nafar qatnashchidan tashkil topgan xalqaro guruhni birlashtiradi.

Brandenburg/Berlindagi 6 haftalik rezidentlik davomida ishtirokchilar har kuni umumiy ish joylarida uchrashadi. Ular bir-birlarining ishi va tafakkurini chuqur tushunish, sohalararo koʻpriklarni qurish, hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish, dadil savollar berish, uzoqni koʻra bilish, Berlin va xalqaro miqyosdagi tegishli manfaatdor tomonlar bilan bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur davomida manfaatdor tomonlar bilan munozaralar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, bardagi suhbatlar, interaktiv seminarlar, bloglar va ijtimoiy media xabarlari yoki nashrlarini chop etish kabi mashgʻulotlar bilan shugʻullaniladi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur sanalari:

  • 2025-yil 24-iyun: Virtual uchrashuv
  • 2025-yil 4-15-avgust: Madaniy jamgʻarmada (Schloss Wiepersdorf) 2 haftalik rezidensiya
  • 2025-yil 15-avgust – 12-sentabr: Berlinda 4 haftalik rezidensiya
  • 2025-yil sentabr-noyabr oylari: Natijalarni masofadan (onlayn) yakunlash
  • 2025-noyabr: Virtual xulosaviy tadbir

Bu dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2025-yil 4-avgustdan 12-sentabrgacha Germaniyadagi rezidensiya dasturida ishtirok eta olishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, sanʼat va fuqarolik jamiyati vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan taʼminalanadi:

  • Berlin/Brandenburgdagi 6 haftalik rezidensiya davrida oylik stipendiya.
  • Germaniyaga borish va qaytish uchun mablagʻ.
  • 6 haftalik rezidensiya davrida bepul turar joy.
  • Oila aʼzolari bilan boruvchi ishtirokchilar uchun mos oilaviy turar joy ajratiladi va bola parvarishi ishlarini tashkillashtirishda yordam beriladi.

Talablar:

Bu dasturga ish faoliyati yoki boshqacha shakldagi faoliyati “Oziq-ovqat kelajagi” mavzusiga aloqador boʻlgan barcha (ilmiy) sohalarning vakillari ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Dastur mavzusiga nisbatan innovatsion va kreativ yondashuvlarga ega shaxslarning ariza topshirishi ragʻbatlantiriladi.

Nomzodlar tegishli ilmiy mavzularni ingliz tilida yozma va ogʻzaki muhokama qila olishi lozim.

Dasturda quyidagi ishtirokchilar qabul qilinadi:

  • Yetakchi. Bu ishtirokchi dastur tashkilotchilari tomonidan tayinlangan (Prof. Dr. Vânia Zuin Zeidler). Shu sababli bu ishtirokchi oʻrni uchun ariza qabul qilinmaydi.
  • soʻnggi toʻrt yil ichida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini davom ettirayotgan yoki doktorlik dissertatsiyasini tamomlab, ilmiy lavozimda faoliyat yuritayotgan 3 nafar kichik tadqiqotchi. Ular hozirda Germaniyada boʻlmasligi kerak.
  • Ilgari Humboldt jamgʻarmasidan biror shaklda stipendiya yoki mukofot olgan lekin 2025-yil iyun oyi holatiga koʻra ushbu Jamgʻarmaning hech bir dasturida ishtirok etmayotgan 3 nafar Humboldt jamgʻarmasi bitiruvchisi.
  • Fuqarolik jamiyati, jurnalistika, sanʼat yoki ijtimoiy tadbirkorlik sohasidan 5 ta ishtirokchi, bu ishtirokchilar hozirda ilmiy muassasada ishlamayotgan boʻlishi kerak.

Nomzodlarni saralash mezonlari bilan koʻp beriladigan savollarga javoblarda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 9-dekabrgacha qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni residency@avh.de email manziliga yuborishi kerak:

  • Toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab oling.
  • CV (maksimal 3 bet).
  • Tanishtiruv videosi (maksimal 60 soniya, bu video qanday olinishi va unda nimalar aks ettirilishi yuqoridagi ariza shaklida tushuntirilgan).

Yakuniy natijalar 2025-yil fevral oyi boshlarida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

2024-yil 28-noyabrda ushbu dastur boʻyicha Zoom orqali axborot seansi tashkillashtiriladi. Mazkur seansda qatnashish uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!