Yaponiyada joylashgan International Christian University (ICU) va Yaponiya ICU fondi navbatdagi insholar tanlovini eʼlon qildi. Bu tanlovda yoshlardan qanday qilib jamiyatni yaxshilash borasidagi qarashlarini ifoda etish soʻraladi.
Har yili inson huquqlari va atrofda sodir boʻlayotgan hodisalarga oid insho mavzularini tanlab olinadi va ishtirokchilar shu mavzularga bagʻishlangan 650 soʻzdan oshmagan insholari bilan tanlovda qatnashishi mumkin.
Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.
Insho uchun umumiy mavzular (inson huquqlari va atrofda sodir boʻlayotgan hodisalar) belgilangan. Inshoda nimalar yoritilishi kerakligi bilan BU YERDA batafsil tanishing (2024 Essay questions).
Tanlovda ishtirok etish bepul.
Grant kimlar uchun?
14-18 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-oʻrin (1 nafar): Gʻolib va bir nafar hamroh uchun Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachiptalar olib beriladi. Yaponiyaga (Tokio) 2025-yil yozida boriladi va bunda ICU ga ham tashrif buyuriladi. Gʻolib aviachiptalar oʻrniga 100 000 yen (taxminan 670 AQSH dollari) miqdoridagi summani olishni tanlashi ham mumkin.
- 2-oʻrin (1 nafar): 50 000 yen (taxminan 335 AQSH dollari) sovgʻa kartasi bilan taqdirlanadi.
- 3-oʻrin (10 nafar): “Illustrated Universal Declaration of Human Rights in French, English, and Japanese” nashri nusxasi bilan taqdirlanadi.
Barcha sovrindorlarga maxsus sertifikatlar beriladi.
Talablar:
Ishtirok etish uchun talab va shartlar quyidagicha:
- Insholar ingliz tilida yozilishi va koʻpi bilan 650 soʻzdan (insho nomi va bibliografiyadan tashqari) oshmasligi kerak.
- Insho nomga ega boʻlishi kerak. Insho mohiyatini tasvirlovchi nom tanlang.
- Nomzodlar 2024-yil 9-oktabr holatiga koʻra 14-18 yosh orasida boʻlishi va Yaponiyadan tashqarida yashashi kerak.
- 2024-yil 9-oktabr holatiga koʻra biror universitet talabasi hisoblangan nomzodlar bu tanlovda qatnasha olmaydi.
- Ishlar plagiat va sunʼiy intellektdan foydalanganlikka qarshi tekshiriladi. Bunday holatlar aniqlansa, ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.
Shuningdek, quyidagi hollarda ishlar tanlovdan chetlatiladi:
- Insho tegishli mavzuga qaratilmagan boʻlsa.
- Insho nomlanmagan boʻlsa.
- Inshodan bittadan ortiq mavzu qamrab olingan boʻlsa.
- Insho ishtirokchining original ishi boʻlmasa (masalan, sunʼiy intellektdan foydalanilgan boʻlsa yoki koʻchirilgan boʻlsa).
Insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Tezis
- Dastaklovchi vajlar
- Originallik
- Yozish mahorati (tushunarlilik, aniqlik, uslub, grammatik bexatolik)
Dasturga qabul jarayoni:
Ishlar 2024-yil 9-oktabrgacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Insholarni topshirish uchun dastlab hisob (Akkaunt) yaratish lozim.
Tanlov natijalar 2024-yil 20-dekabrda ICU veb-sayti va email orqali eʼlon qilinadi.
2022-yilgi tanlovda gʻolib boʻlgan insholar bilan BU YERDA tanishing.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
TEL: +81-422-33-3058
EMAIL: ICU-Essay@icu.ac.jp