×

ICYF: Iqlim sohasidagi yosh volontyorlar uchun Turkiyada 6 kunlik lager – xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

16.02.2026

QOLGAN VAQT

12 kun

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

19 marta

Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF) va Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi 2026-yil aprel oyida Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan ICYF yosh iqlim sohasi volontyorlari lagerini tashkil etmoqda. Lager iqlim oʻzgarishiga moslashish sohasidagi yosh volontyorlarga loyihalarga asoslangan oʻquv seminarlari yordamida iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda ishtirok etish imkonini berish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishga bagʻishlangan.

Lager maqsadlari quyidagilar:

  • Iqlim oʻzgarishi haqidagi xabardorlikni oshirish.
  • Yoshlar boshchiligidagi iqlim oʻzgarishiga qarshi harakatlarni shakllantirish.
  • Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqasida va undan tashqarida mahalliy jamoalarda yechimlarni ilgari surishda yoshlar yetakchiligini ragʻbatlantirish.
  • Jamiyat manfaati yoʻlida yoshlar tomonidan boshqariladigan loyiha gʻoyalarini ishlab chiqish.

Ushbu dastur mashgʻulotlari Istanbuldagi Marmaracik Camp lagerida quyidagi sanalarda oʻtkaziladi:

  • Yigitlar uchun: 2026-yil 3-8-aprel
  • Ayol-qiizlar uchun: 2026-yil 10-15-aprel

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Iqlim sohasiga qiziquvchi 18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu lagerda ishtirok etish uchun saralab olinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar uchun ichki transport xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy, oziq-ovqat va ichki turizm xarajatlari qoplanadi.
  • Lager mashgʻulotlari davomida bepul tibbiy sugʻurta taʼminlanadi. Agar xalqaro safar uchun sugʻurta talab etilsa, bu sugʻurtaning xarajatini nomzodning oʻzi qoplashi kerak.
  • Viza olishni osonlashtirish uchun qabul qilingan ishtirokchilarga taklifnoma yuboriladi.
  • ICYF va dastur hamkorlari tomonidan ishtirok sertifikati taqdim etiladi.

Xorijlik nomzodlar Antaliyaga borish va qaytish aviachiptasi haqi, shuningdek viza olish (agar viza talab etilsa) uchun badallarni oʻzlari toʻlashi kerak. Tashkilotchilar xalqaro safar xarajatlarining 250 AQSH dollarigacha boʻlgan qismini qoplab beradi (yetib borgandan keyin kompensatsiya sifatida beriladi).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:

  • Islom hamkorlik Ttashkilotiga a’zo davlat fuqarosi (Oʻzbekiston aʼzo) yoki ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega davlat fuqarosi boʻlish lozim.
  • Ingliz tilida yaxshi muloqot qila olishi kerak.
  • Yoshi 18-35 orasida bo‘lish kerak.
  • Iqlim oʻzgarishi, iqlim oʻzgarishga moslashuvchanlik, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish yoki atrof-muhitni muhofaza qilishga oid volontyorlik faoliyatiga qiziqish yoki shunday faoliyatda ishtirok etayotgan lozim.
  • Volontyorlik faoliyatida ishtirok etishga tayyor boʻlish kerak.
  • Lager mashgʻulotlarida toʻliq ishtirok etish lozim.
  • Nomzodlar olingan bilimlarni oʻz hamjamiyatida ulashish va qoʻllashga tayyor boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqtida bilan 2026-yil 16-fevral sahar 01:59 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin (sahifaning oxirgiga tushing va “Apply this Event” tugmasini bosing).

Faqat qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar beriladi.

MUHIM: ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur talablari va boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: youthcamps@icyforum.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!