×

Fransiya: magistratura uchun 50% gacha grant


Grant

MUHLAT

30.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

5164 marta

Fransiyaning Parij shahrida joylashgan IÉSEG School of Management universiteti MSc in Finance magistrlik kursida oʻqishni xohlovchilarga bir necha turdagi grantlar taklif qilmoqda. Ushbu grant shu kursga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli fransuz va chet ellik talabalarga beriladi. Grantdan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. MSc in Finance kursi ingliz tilida oʻqitladi va 1 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MSc in Finance kursi uchun hozirda GMAT ballari asosida taqdim etiluvchi va Merit-based scholarships dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda.

GMAT ballari asosidagi grantlar talabaga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • GMAT balli 610-640 boʻlgan talabalarga kontrakt summasidan 20% chegirma qilinadi.
  • GMAT balli 650-680 boʻlgan talabalarga kontrakt summasidan 30% chegirma qilinadi.
  • GMAT balli 690-720 boʻlgan talabalarga kontrakt summasidan 40% chegirma qilinadi.
  • GMAT balli 730 yoki undan baland boʻlgan talabalarga kontrakt summasidan 50% chegirma qilinadi.

Merit-based scholarships granti esa talabaning akademik koʻrsatkichlari, motivatsiyasi, qoʻshimcha mashgʻulotlarga qatnaganligi va/yoki kasbiy koʻrsatkichlari asosida talabaga kontrakt summasidan 25% gacha chegirma taqdim etadi.

Mazkur kursda oʻqishning 1 yillik kontrakt summasi 16 900 yevroni tashkil etadi.

Talablar:

GMAT asosida beriladigan grant uchun nomzod koʻrsatilgan GMAT balliga ega boʻlsa, shuning oʻzi kifoya. Merit-based scholarships esa yuqorida sanalga koʻrstkichlarga berilgan umumiy baho asosida taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritishning eng asosiy talabi – MSc in Finance dasturiga qabul qilinishdir.

MSc in Finance dasturiga qabul talablari quyidagicha:

  1. Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, diplom sohasi biznes boshqaruvi, moliya, buxgalteriya hisobi, iqtisod, matematika yoki shularga oʻxshash soha boʻlishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga qabul uchun minimal talab: IELTS 6.5, TOEFL IBT 85, TOEIC 850, Duolingo 105, Cambridge Exam B2. Agar nomzod kamida 2 yil ingliz tilida taʼlim olgan boʻlsa, ingliz tili sertifikatini topshirishdan ozod qilinadi.
  3. GMAT/GRE sertifikati topshirish majburiy emas, lekin topshirsa, qabul uchun ijobiy taʼsir qiladi (GMAT balli asosida grant uchun GMAT sertifikati boʻlishi shart).

Dasturga qabul jarayoni:

MSc in Finance grantlarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Kursning o’ziga hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi.

MDc in Finance kursining o’ziga hujjatlar 2021-yil 30-mayga qadar onlayn tarzda  bu yerda qabul qilinadi.

Ariza topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va baholar (hali bakalavriatni tugatmaganlar hozirgacha olgan baholarini topshiradi).
  2. CV.
  3. Ingliz tili sertifikati. Minimal talab: IELTS 6.5, TOEFL IBT 85, TOEIC 850, Duolingo 105, Cambridge Exam B2. Agar nomzod kamida 2 yil ingliz tilida taʼlim olgan boʻlsa, ingliz tili sertifikatini topshirishdan ozod qilinadi.
  4. Passport nusxasi.
  5. GMAT yoki GRE sertifikati (agar boʻlsa).

Hujjat topshirishda 100 yevro ariza to’lovini amalga oshirish kerak.

MSc in Finance dasturi talablari, qabul jarayoni va grantlar haqida batafsil BU YERDA tanishing.

Ma’lumot uchun msc@ieseg.fr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!