×

iF Social Impact Prize 2021 ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro


Grant

MUHLAT

19.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1533 marta

Jamiyatdagi muammolarga yechim bo’luvchi loyihalarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan iF Social Impact Prize 2021 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovda tegishli yo’nalishlar bo’yicha dastur, tizim, mahsulot va boshqalar loyihalari bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovga topshirilgan loyihalar jamiyatdagi turli muammolarga samarali yechishda rol o’ynashi zarur. Tanlov tashkilotchilari g’olib chiqqan loyihalarni turli davlatlarda amalga oshirishni moliyalashtirish uchun mablag’ ajratishadi va ular amalga oshirilgach, ma’lumotlarni chop etishni tashkillashtirishadi. Ushbu tanlov insonlar hayotini yaxshilash maqsadidagi ajoyib g’oyalarga ega va loyihani amalga oshirish uchun yordamga muhtoj bo’lgan kompaniyalar, fondlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar uchun mo’ljallangan.

Loyihalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha qabul qilinadi:

No poverty

Zero hunger

Good health and well-being

Quality education

Gender equality

Clean water and sanitation

Affordable and clean energy

Decent work and economic growth

Industry, innovation and infrastructure

Reduced inequalities

Sustainable cities and communities

Responsible consumption and production

Climate action

Life below water

Life on land.

Eslatma: tanlovda talabalar ishtirok eta olmaydilar.

Grant kimlar uchun?

Kompaniyalar, fondlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib chiqqan loyihalarni amalga oshirish 100 000 yevrolik mukofot fondidan ma’lum hajmdagi mablag’ ajratiladi. Mablag’ hajmi loyihadan kelib chiqib belgilanadi.

Talablar:

  • Tanlovda kompaniyalar, fondlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ishtirok etishlari mumkin. Talabalarning loyihalari qabul qilinmaydi.
  • Taqdim etilgan loyiha ko’rsatilgan yo’nalishlardagi muammolarga yechim bo’lishi talab etiladi.
  • Loyihalar axloqiy me’yorlarga mos bo’lishi, insonlar va guruhlarni birlashtirishi, foydali tajribaga sabab bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 2020-yil 19-noyabrgacha ishtirok etish mumkin. Ariza to’ldirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing. Ariza to’ldirish uchun:

1-qadam. Bu yerda ro’yxatdan o’ting.

2-qadam. Loyihangiz va o’zingiz haqingizdagi kerakli ma’lumotlarni kiritib, arizani topshiring.

2020-yilgi tanlov g’oliblari bilan bu yerda tanishing. 2019-yilgi tanlovda g’olib chiqqan va dastur tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishish uchun bu yerga bosing. 2018-yil va undan avvalgi tanlovlarda g’olib bo’lgan va moliyalashtirilgan barcha loyihalarni bu yerda, sahifa so’nggidan topishingiz mumkin.

Murojaat qilish

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!