×

iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!


Grant

MUHLAT

25.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

9285 marta

iF Social Impact Prize – jamiyatdagi muammolarga yechim bo’luvchi loyihalarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovidir. Ushbu tanlovda tegishli yo’nalishlar bo’yicha dastur, tizim, mahsulot va boshqalar loyihalari bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovga topshirilgan loyihalar jamiyatdagi turli muammolarga samarali yechishda rol o’ynashi zarur.

Tanlov tashkilotchilari g’olib chiqqan loyihalarni turli davlatlarda amalga oshirishni moliyalashtirish uchun mablag’ ajratishadi va ular amalga oshirilgach, ma’lumotlarni chop etishni tashkillashtirishadi. Ushbu tanlov insonlar hayotini yaxshilash maqsadidagi ajoyib g’oyalarga ega va loyihani amalga oshirish uchun yordamga muhtoj bo’lgan kompaniyalar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, fondlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar uchun mo’ljallangan.

Loyihalar barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda quyidagi turkumlar bo’yicha qabul qilinadi:

  • No poverty;
  • End hunger;
  • Healthy lives;
  • Quality education;
  • Gender equality;
  • Water and sanitation;
  • Clean energy;
  • Economic growth;
  • Resilient infrastructure;
  • Reduce inequality everywhere;
  • Sustainable cities and communities;
  • Sustainable consumption;
  • Climate action;
  • Life below water;
  • Life on land.

Grant kimlar uchun?

Kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

2023-yilgi tanlov uchun umumiy hajmda 100 ming yevro mablagʻ ajratilgan. Ushbu summa munosib deb topilgan bitta loyiha uchun taqdim etilishi yoki bir nechta munosib loyihalar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin.

Talablar:

Tanlovda qatnashish talablari va shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovda talabalar qatnasha olmaydi.
  • Taqdim etilgan loyiha yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlardan (turkumlardan) biridagi muammolarga yechim bo’lishi talab etiladi.
  • Loyiha joriy qilingan (amalga tatbiq etilgan) boʻlishi kerak.
  • Bitta loyiha bilan maksimal 2 marta ariza topshirish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar yil davomida qabul qilinadi. Topshirilgan arizalar yiliga 2 marta baholanadi va eng yaxshi ishlarga mukofot ajratiladi. 2023-yildagi tanlovda quyidagi sanalarda topshirilgan ishlar baholanadi:

  • 2023-yil 9-may
  • 2023-yil 25-sentabr

Ariza to’ldirish uchun:

1-qadam. Bu yerda ro’yxatdan o’ting va hisob (akkaunt) yarating.

2-qadam. Loyihangiz va o’zingiz haqingizdagi kerakli ma’lumotlarni kiritib, arizani topshiring.

Ariza topshirishda qanday maʼlumotlar kiritilishi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot oling (Two steps to participate).

Arizalar ingliz tilida toʻldiriladi.

Ushbu tanlovda oldingi yillarda gʻolib boʻlgan loyihalar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov qoʻllanmasi va savol-javoblarni toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan masʼul xodim Gabriele Bertemannʼga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel: +49.511.54224-202
Email: gabriele.bertemann@ifdesign.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!