Toshkentdagi Amerika elchixonasi Markaziy Osiyoda raqamli savodxonlikni oshirishga yordam beruvchi Digital Communication Network (DCN) forumini eʼlon qildi. Forum Digital Communication Network Global va World Learning tomonidan AQSH Davlat departamentining Taʼlim va madaniyat masalalari byurosi tomonidan moliyalashtirilgan holda tashkil etilmoqda.
Ushbu forum ijtimoiy rivojlanishga bagʻishlangan boʻlib, raqam bilan ishlovchi mutaxassislarni bir joyga toʻplash va oʻzaro aloqa oʻrnatishga hamda Markaziy Osiyoda raqamli savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi.
Forumda quyidagi mavzular qamrab olinadi:
- IT infratuzilmasini mustahkamlash.
- Internetdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.
- Raqamli savodxonlikni oshirish.
Forum 2023-yil 20-21-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
18-35 yosh orasidagi fuqarolik jamiyati, zamonaviy media, akademiya, texnologiya sohalari vakillari, raqamli kontent yaratuvchi ijodkorlar va influenserlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga Markaziy Osiyodan jami 30 nafar ishtirokchi, 10 nafar spiker qabul qilinadi va ular quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Qozogʻistonga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
- Mehmonxonadan spikerlar uchun bir kishilik, ishtirokchilar uchun 2 kishilik xonadan joy ajratiladi.
- Bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
- Agar mamlakatga qayta kirish uchun PCR COVID testi kerak boʻlsa, bu xarajat ham qoplanadi.
ESLATMA: barcha qatnashchilar viza (agar talab etilsa) va COVID testi bilan bogʻliq masalalarni oʻzlari hal qilishi kerak.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari qatnashishlari mumkin.
- Nomzod 18-35 yosh orasida boʻlishi kerak.
- Fuqarolik jamiyati, zamonaviy media, akademiya, texnologiya sohalari vakili, raqamli kontent yaratuvchi ijodkorlar va influyenserlar qatnashishi mumkin.
- Dezinformatsiyaga qarshi kurash, raqamli texnologiyalar tendensiyalari, raqamli va media savodxonligi, elektron boshqaruv, Web 3.0. (Metaverse, AI va boshqalar), jurnalistika, kiberxavfsizlik, ijtimoiy media sohalari boʻyicha qiziqish yoki tajribaga ega boʻlish kerak.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu dasturga arizalar 2023-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA onlayn topshiriladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.