×

Ijtimoiy himoya milliy agentligidan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi


Grant

MUHLAT

15.05.2025

QOLGAN VAQT

84 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

325 marta

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qildi.

Bu tanlovga ijtimoiy himoya mavzularidagi bitiruv malakaviy ishlari va dissertatsiyalar qabul qilinadi.

Tanlov maqsadlari:

  • Ijtimoiy himoyani rivojlantirish sohasida yangi tadqiqotlarni rag‘batlantirish;
  • O‘zbekistondagi dolzarb ijtimoiy masalalar bo‘yicha ilmiy munozaralarni qo‘llab-quvvatlash;
  • Sohada yangi salohiyatli kadrlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tadqiqotlarni ommalashtirish;
  • Tan olingan metodologiyalar asosida tadqiqot qilishni ilgari surish.

Grant kimlar uchun?

O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoki magistratura bosqichining oxirgi kurs talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Birinchi o‘rin: Noutbuk
  • Ikkinchi o‘rin: Plaud
  • Uchinchi o‘rin: Planshet

Bundan tashqari, g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Talablar:

Nomzodlar O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoki magistratura bosqichining oxirgi kursida tahsil olayotgan talaba boʻlishi kerak.

Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi mavzularni qamrab olish zarur:

  • Ijtimoiy himoya siyosati;
  • Kambag‘allikni baholash va qisqartirish;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi;
  • Faol va sog‘lom keksayish;
  • Parvarishlash iqtisodiyoti;
  • Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik;
  • Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi;
  • Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
  • Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
  • Adolatli o‘tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish;
  • Rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish;
  • Ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Talabalar kerakli hujjatlar to‘plamini elektron shaklda Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti elektron pochta manziliga (ihri@ihma.uz) yuborishlari zarur. Xat mavzusiga “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” deb yozish talab qilinadi. Hujjatlar qabul qilingani haqidagi javob xati yuboriladi.

Yuborish alab etiladigan hujjatlar:

  1. Talabalik guvohnomasi yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat;
  2. Toʻliq tadqiqot (BMI, dissertatsiya) qoʻlyozmasi;
  3. Tadqiqot (BMI, dissertatsiya) annotatsiyasi.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:

1-bosqich. Tanlov komissiyasi tanlovning birinchi bosqichida taqdim etilgan BMI va dissertatsiya ishlari orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 ta ishni tanlab oladi hamda taqdimot qilinishi uchun keyingi bosqichga tavsiya etadi.

2-bosqich. Tanlovning ikkinchi bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha uchta g‘olib aniqlanadi.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya institutining Telegram kanalidae’lon qilib boriladi.

MUHIM: Ariza berishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlov shartlari bilan bog‘liq boshqa savollarni institut elektron pochta manziliga (ihri@ihma.uzyuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!