×

Ijtimoiy tadbirkorlar uchun Laureat Global stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

25.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1438 marta

Xalqaro Yoshlar Jamg’armasi va Silvan/Laureat Jamg’armasi har yili 20 ta yosh ijtimoiy tadbirkorni Laureat Global stipendiya dasturida ishtirok etish uchun tanlab oladi.  Ishtirokchilar o’z jamiyatlarida erishgan ijobiy yutuqlari, innovatsion yondashuvlari va tengdoshlari hamda atrofidagilarni jamiyatda ijobiy o’zgarish yaratishga jalb qila olganliklari bilan ajralib turishi kerak.

Dastur bir yil davom etadi. Shu bir yil ichida ishtirokchilar yetakchilik va rahbarlik mahoratlari hamda targ’ibot olib borish borasida bilimlarni o’rganishadi. O’zlarining loyiha/tashabbuslariga yakkama-yakka shu sohada tajribali mentor/ustozlardan maslahat va tavsiyalar olish imkoniga ega bo’lishadi. YouthActionNet tarmog’iga qo’shilib, butun dunyodan bo’lgan o’zlariga o’xshash 1000 dan oshiq tashabbuskorlar bilan bog’lanishadi.

Dastur davomida ishtirokchilar 2015-yil 2-8 oktabr kunlari AQShning Vashington shahrida bir haftalik anjumanga yig’ilishadi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Nomzodlar:

  • 18-29 yoshda;
  • Ijtimoiy korxona, nodavlat tashkilot yoki shunga o’xshash ijtimoiy tadbirkorlik tashabbuslarining asoschisi (ushbu korxona, tashkilot yoki tashabbus jamiyatga ta’sir o’tkazganiga (impact) kamida bir yil bo’lgan bo’lishi kerak);
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Grant miqdori:

Ishtirokchilar bir yil davom etadigan yetakchilik va rahbarlik bo’yicha trening, mentorlik, targ’ibot hamda hamkasb-hamfirklar bilan tanishish imkoniga ega bo’ladi. Grant Vashingtonda yig’ilish uchun quyidagilarni qoplaydi:

  • AQSh vizasi uchun to’lov;
  • Safar xarajatlari;
  • Turar-joy;
  • Ovqatlanish.

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar onlayn shaklda SHU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirishning so’nggi muddati 2015-yil 25-mart. Ariza natijalari 2015-yil 12-iyundan oldin e’lon qilinadi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!