×

Ijtimoiy yo’nalish talabalari uchun 10 kunlik yozgi maktaba


Grant

MUHLAT

05.04.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1773 marta

Germaniyaning “DAAD” ta’lim tashkiloti, Berlin Humboldt universiteti hamda Markaziy Osiyo Amerika universitetining Antropologiya kafedrasi talabalarni 2015-yil 11–21-avgust kunlari Qirg’izistonda bo’ladigan “Kuch, o’zlik va iqtisodiyot: Markaziy Osiyoda konflikt va tushunchalarning o’ziga xos jihatlari” nomli yozgi maktabga taklif etadi.

Maktabda rasmiy qarashlar hamda aytilmagan voqelik o’rtasidagi keskinlik hamda zamonaviy Markaziy Osiyo jamiyatlarida bu ziddiyatlarning ijtimoiy o’rni o’rganiladi.

Dasturda ishtirok etish shartlari:

Yozgi maktabda qatnashishni istovchilar

  • Ijtimoiy va gumanitar sohalarda, ayniqsa, sotsiologiya, antropologiya, xalqaro aloqalar, iqtisodiyot va tarix yo’nalishlarida o’qiyotgan talaba bo’lishi kerak. Boshqa soha talabalari ham, agar mavzuga qiziqishini ko’rsatib bera olsa, ariza topshirishi mumkin;
  • Qatnashchi bakalavrlikning kamida 3-kursida o’qishi yoki magistratura, doktorantura talabasi bo’lishi kerak; Magistratura yoki doktorantura darajasini tamomlaganlar dasturda qatnasha olmaydi;
  • Quyidagi mamlakatlardan birida joylashgan universitet talabasi bo’lishi kerak:
    • Qozog’iston
    • Qirg’iziston
    • O’zbekiston
    • Tojikiston
    • Germaniya
  • Qatnashchilar yuqoridagi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak, ammo o’z davlatidan tashqarida, ro’yxatdagi boshqa bir davlatda o’qiyotganlar ham topshirishi mumkin (Masalan, Qirg’izistonda o’qiyotgan O’zbekiston fuqarosi topshira oladi);
  • Seminar va mashg’ulotlar ingliz va rus tillarida olib boriladi. Qatnashchilar ushbu ikki tilni muloqot va ishlay olish darajasida bilishi kerak;
  • Nomzodlar rezyume va dasturda qatnashishdan maqsadlari ifodalangan, ko’pi bilan 500 so’zdan iborat qisqa insho (Motivation letter) topshirishlari kerak. Insho va rezyume formalarini SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Barcha hujjatlar 2015-yil 5-aprelgacha daadsummerschool2015@gmail.com manziliga yuborilishi kerak.

Tanlab olingan nomzodlarga 2015-yil 3-maygacha xabar beriladi. Ular 2015-yil 17-maygacha qatnashish niyatlarini tasdiqlashlari kerak.

Grant miqdori:

Yozgi maktabda qatnashish bepul bo’lib, safar, yashash va turar-joy xarajatlari dastur tashkilotchilari tomonidan to’liq qoplanadi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, daadsummerschool2015@gmail.com manziliga bog’lanishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!