×

IMD MBA Merit Scholarships: MBA kursida oʻqish uchun 54 ming AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

6280 marta

Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi boʻlajak talabalarga turli grant dasturlarini taklif etmoqda. Mazkur grantlar oliygohning Biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga hujjat topshirgan eng iqtidorli va yuqori potensialli talaba uchun ajratiladi.

Universitetga hujjatlar yiliga 4 marta qabul qilinadi:

  • 1-fevralgacha;
  • 1-maygacha;
  • 1-iyulgacha;
  • 1-sentabrgacha.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlar quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:

  • IMD MBA Class of 1976 Merit Scholarship – miqdori 50 ming CHF (taxminan 53 800 AQSH dollari)ga teng. Mazkur grant har yili MBA dasturiga ariza topshirishning oxirgi sanasi 1-may boʻlgan qabulga hujjat topshirgan nomzodlar orasidan 1 nafar talabaga taqdim etiladi.
  • Forté Women Scholarships – miqdori 20 ming CHF (taxminan 21 520 AQSH dollari)ga teng. Mazkur grant har yili MBA dasturiga ariza topshirishning oxirgi sanasi 1-fevral va 1-may boʻlgan qabullarga hujjat topshirgan nomzodlar orasidan 1 yoki 2 nafar ayol talabaga taqdim etiladi.
  • Young Leaders Scholarships – miqdori 50 ming CHF (taxminan 53 800 AQSH dollari)gacha qilib belgilanadi. Mazkur grant barcha qabullarda va faqat 27 yosh yoki undan yoshroq boʻlgan nomzodlarga taqdim etiladi. Bu grantning nechta talabaga berilishi aniq koʻrsatilmagan.
  • Diversity Scholarships – miqdori 30 ming CHF (taxminan 32 275 AQSH dollari)ga teng. Bu grant 1 yoki 2 nafar talabaga taqdim etiladi. Bu grant barcha qabullarda munosib nomzodlarga beriladi.
  • Merit Scholarships – miqdori 30 ming CHF (taxminan 32 275 AQSH dollari)gacha qilib belgilanadi. Bu grantning nechta talabaga berilishi aniq koʻrsatilmagan. Grant barcha qabullarda munosib nomzodlarga taqdim etiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.
  2. Bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Oliygoh qabul hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va favqulotda kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
  4. Nomzod GMAT yoki GRE sertifikatiga ega boʻlishi kerak (kamida 630 ball boʻlishi kerak; odatda qabul qilinuvchilar 680 ballga ega boʻladi).
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 7.5 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikati talab etiladi.
  6. Bakalavrni bitirganidan keyin kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi lozim (toʻliq stavkali ish boʻlishi kerak).
  7. Ikkita tavsiyanoma taqdim etishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Yuqoridagi grantlarga alohida ariza topshirilmaydi. MBA dasturiga hujjat topshirilganlar avtomatik tarzda grantga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza. Mazkur arizani toʻldirishda quyidagi hujjatlar soʻraladi.
  2. Kamida IELTS 7.5 yoki shu darajaga teng xalqari til sertifikati. Sertifikat olinganiga 5 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  3. GMAT/GRE sertifikati. Sertifikat olinganiga 5 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  4. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. CV.
  7. Elektron rasm.
  8. Passport nusxasi.

MBA dasturiga ariza topshirish uchun 200 CHF (taxminan 215 AQSH dollari) ariza toʻlovi mavjud.

Topshiriladigan hujjatlar va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!