×

Shveytsariya: magistraturada o’qish uchun 50000 AQSh dollarigacha grant!


Grant

MUHLAT

30.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

3829 marta

Shveytsariyaning Lozan shahrida joylashgan IMD universiteti talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etgan moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur tarkibida bir nechta grantlar mavjud bo’lib, ular Biznesni Boshqarish yo’nalishidagi magistratura kurslari (MBA) talabalariga beriladi. Moddiy ta’minot dasturidan maqsad talabalarni moddiy  jihatdan qo’llab-quvvatlash. Moddiy yordam dasturi tarkibiga quyidagi grantlar kiradi:

  1. Emerging Market Scholarships
  2. Merit Scholarships
  3. Stewart Hamilton Scholarship for Women
  4. Nestlé Scholarship for Women.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IMD universiteti Moddiy ta’minot dasturi tarkibidagi grantlarning qiymatlari quyidagicha:

  1. Emerging Market Scholarships – 20000 dan 60000gacha Shveytsariya kronasini tashkil qiladi.
  2. Merit Scholarships – 20000 Shveytsariya kronasi.
  3. Stewart Hamilton Scholarship – 50000 Shveytsariya kronasi.
  4. Nestlé Scholarship – 25000 Shveytsariya kronasi.

Ma’lumot uchun: IMD MBA kursida o’qish kontrakt to’lovi 60000 Shveytsariya kronasiga teng, hujjat topshirish vaqtida 200 krona ham to’lanadi. 2018-yil 25-avgust holatiga ko’ra 1 CHF 1.02 AQSh dollariga teng.

Talablar:

Dastur tarkibidagi turli grantlarda nomzodlar uchun talablar turlicha:

  1. Emerging market Scholarships granti nomzod o’qishga hujjat topshirganida ko’rib chiqiladi va agar berilsa ham nomzod o’qishini boshlayotganda shu zahoti beriladi. Buning uchun nomzod IMD MBA kursiga hujjat topshirayotgan moddiy ehtiyoj formasini qo’shib topshirishi kerak. Bu grantni yutib olish uchun nomzod:
  • rivojlanayotgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi
  • yaxshi GMAT ko’rsatkichi va a’lo baholarga ega bo’lishi
  • u haqida kuchli juda ijobiy tavsiyanomalar berilgan bo’lishi va
  • u o’sib borayotgan namunali karyera qilgan bo’lishi zarur.
  1. Merit Scholarships granti uchun moddiy ehtiyoj formasi shart emas. Nomzod o’qishga hujjat topshirganda bu grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Grant qabul IMD MBA kursiga saralash vaqtida eng yaxshi natija ko’rsatgan nomzodlarga beriladi.
  2. Stewart Hamilton Scholarship – bu grant dasturi ayollar uchun maxsus ajratilgan bo’lib, uni yutib olish uchun nomzod (ayol kishi) :
  • rivojlanayotgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi
  • yaxshi GMAT ko’rsatkichi va a’lo baholarga ega bo’lishi
  • u haqida kuchli juda ijobiy tavsiyanomalar berilgan bo’lishi va
  • u o’sib borayotgan namunali karyera qilgan bo’lishi zarur.

Bu grantni yutib olish uchun nomzod o’qishga hujjat topshirganda moddiy ehtiyoj formasi va bitta insho ham topshirishi zarur. Bu insho taxminan 750 so’zdan iborat bo’lib, quyidagi mavzuda yozilishi zarur: “What, in your view, were the failings in the Hollinger corporate governance system? What personal learnings have you drawn from your analysis of the case study?” Insho 750 so’zdan oshib ketmasligi va tarkibida ikkala savol uchun javoblar teng hajmda yozilishi shart.

  1. Nestlé Scholarshipham ayol talabalar uchun ajratilgan bo’lib, grant ajratilayotganda asosan rivojlanayotgan davlatlar fuqarolariga urg’u beriladi. Bu grantga ariza berish uchun hujjat topshirish vaqtida moddiy ehtiyoj formasi va insho qo’shib topshirish kerak. Insho hajmi 750 so’zdan oshib ketmasligi va quyidagi mavzuda yozilishi kerak: Many have argued that greater diversity in the Top Management team of an organization is good for profits and customers. What would you recommend as ways to achieve greater diversity?

 

Moddiy yordam dasturi tarkibidagi grantlarning bir nechtasiga birdaniga hujjaat topshirsa ham bo’ladi. Bu universitetda bitta moddiy ehtiyoj formasi to’ldiriladi va shu forma barcha grantlar uchun (Merit va CORO grantlaridan tashqari) ariza vazifasini bajaradi. Moddiy ehtiyoj formasini tayyorlash uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Yillik oylik tushumi haqidagi hujjat
  • Soliq qaydnomasi
  • Bank hisobi ma’lumotlari
  • Agar hujjat topshirilayotgan grant dasturi uchun zarur bo’lsa, bu hujjatlarga insho ham qo’shib qo’yiladi. Insho yozish uchun mana bu formadan foydalanish zarur.

Biror grantga ariza berish uchun yuqorida hujjatlarni mbafinance@imd.org elektron manziliga 2018-yil 30-sentabrdan kechiktirmagan holda yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!