×

Imkoniyati cheklanganlar uchun Toshkent shahridagi Piza universiteti filialida oʻqishga moʻljallangan 281 mln soʻmlik grant


Grant

MUHLAT

30.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1391 marta

Toshkent shahridagi Piza universiteti (Italiya) filiali bakalavriat bosqichini geologiya va ekologiya sohasida oʻqishni xohlovchi imkoniyati cheklangan yoshlarga 2 ta grant oʻrnini taklif qilmoqda.

Grantning asosiy maqsadi oʻquv toʻlovlarini toʻlashga qiynalayotgan, ammo yuqori isteʼdod va salohiyatga ega boʻlgan kam taʼminlangan talabalarga moliyaviy yordam koʻrsatishdir.

Grant kimlar uchun?

Geologiya va ekologiya sohasida bakalarviatni oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan 2 nafar talaba quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 4 yillik kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi (har bir talabaning 4 yillik kontrakt summasi 118 mln soʻmga teng).
  • 4 yillik yotoqxona toʻlovi qoplab beriladi (har bir talabaning 4 yillik yotoqxona toʻlovi summasi 22,6 mln soʻmga teng).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Bu grantlar imkoniyati cheklangan yoshlar uchun moʻljallangan.
  • Ingliz tilini bilish talab etiladi (kamida B1 darajada).
  • Nomzod oʻrta maktab, kollej yoki litseyi bitirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi va 30 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.

Saralash jarayonida quyidagi jiihatlarga eʼtibor qaratiladi:

  • Iqtisodiy ehtiyoj.
  • Nogironlik.
  • Mahorat.
  • Jamiyat hayotida faollik.
  • Motivatsion xat.
  • Ingliz tilini bilish darajasi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin (“Ariza topshirish” tugmasini bosing).

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish soʻraladi:

  • Pasport yoki ID karta nusxasi.
  • Toshkent shahridagi Piza universiteti filialiga o‘qishga kirish uchun ariza.
  • O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi attestat yoki diplom.
  • Nomzodda nogironlik boʻlsa, tibbiy muassasalardan ma’lumotnomalar.
  • Nalabaning iqtidori va faolligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlar (diplomlar, diplomlar va sertifikatlar – mavjud bo‘lsa).
  • Motivatsiya xati
  • Tilni bilish sertifikati (mavjud boʻlsa).

Hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan suhbat qilinadi va shundan soʻng 2 nafar gʻolib aniqlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!