×

Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij, Sidney va London universitetida yozgi maktab uchun 100% gacha grant!


Grant

MUHLAT

31.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

47855 marta

Immerse Education Essay Competition insholar tanlovining navbatdagi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlov gʻoliblarga bir qancha nufuzli universitetlarning yozgi maktabida qatnashish uchun 100% gacha grant yutib olish imkonini beradi.

Mazkur tanlov gʻoliblari 2024-yilning yozida oflayn va onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan quyidagi yozgi maktab/dasturlardan birida qatnashish uchun 100% gacha grant yutib olishi mumkin:

  • Kembrij universiteti yozgi maktabi
  • Okford universiteti yozgi maktabi
  • London yozgi maktabi
  • Sidney  universiteti yozgi maktabi
  • Onlayn tadqiqot dasturlari
  • Onlayn tahlil dasturlari

Ushbu tanlovda 2 xil yosh kategoriyasi boʻyicha qatnashish mumkin:

  1. 2024-yil iyul-avgust holatida 13-15 yosh boʻladiganlar kategoriyasi.
  2. 2024-yil iyul-avgust holatida 16-18 yosh boʻladiganlar kategoriyasi.

Insholar ingliz tilida, tegishli yosh kategoriyasi va yoʻnalish boʻyicha yozilishi kerak.

13-15 yosh kategoriyasi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha insho yozilishi va shu sohaga oid yozgi maktab/dasturda qatnashilishi mumkin:

  • Architecture
  • Computer Science
  • Creative Writing
  • Economics
  • Engineering
  • International Relations
  • Law
  • Business Management
  • Medicine

16-18 yosh kategoriyasi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha insho yozilishi va shu sohaga oid yozgi maktab/dasturda qatnashilihi mumkin:

  • Architecture
  • Artificial Intelligence
  • Biology
  • Business Management
  • Chemistry
  • Computer Science
  • Creative Writing
  • Economics
  • Engineering
  • English Literature
  • Female Future Leaders
  • Geography
  • History
  • International Relations
  • Law
  • Mathematics
  • Medicine
  • Philosophy
  • Physics
  • Psychology
  • Robotics
  • Sustainability
  • Film Studies
  • Space and Nanotechnology

Gʻoliblar oʻzlari insho yozgan yoʻnalish boʻyicha yozgi maktab uchun grantni qoʻlga kiritadi. Har bir yoʻnalish uchun insho yozilishi kerak boʻlgan savollar mavjud boʻlib va bu savollar ariza topshirish jarayonida chiqadi.

Grant kimlar uchun?

13-18 yoshli oʻquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrinni olganlar oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqorida sanalgan yozgi maktab/dasturlardan birida qatnashish uchun 100% lik grantni qoʻlga kiritadi. Grant gʻoliblarni yozgi maktabga qatnashish haqidan toʻliq ozod qiladi. Biroq yozgi maktab.dasturga borish va kelish xarajatlarini gʻoliblarning oʻzlari qoplashi kerak. Turli yoʻnalishlar boʻyicha jami 10 nafar ishtirokchiga gʻoliblik (1-oʻrin) taqdim etiladi.
  • 2-oʻrinni olganlar ooʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqorida sanalgan yozgi maktab/dasturlardan birida qatnashish uchun 70% lik grantni qoʻlga kiritadi. 2-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yozgi maktabga qatnashish haqining 70% gacha qismini toʻlashdan ozod qiladi. Biroq yozgi maktab/dasturga borish va kelish xarajatlarini gʻoliblarning oʻzlari qoplashi kerak. Necha kishiga 2-oʻrin berilishi kelib tushgan ishlar soni va sifatiga qarab belgilanadi. Odatda insho topshirganlarning 7 foiziga grant taqdim etilgan.

Yozgi maktabga qatnashish pullikdir. Yozgi maktab haqi yosh va yoʻnalishga qarab, 1000-2000 funt-sterlingdan 6-7 ming funt-sterlinggacha boʻlishi mumkin. Aniq summani tanlov tashkilotchilaridan soʻrab olishingiz mumkin. Gʻoliblar ushbu qatnashish haqini toʻlashdan 70 yoki 100% ga ozod qilinadi.

Yozgi maktabga qatnashish haqi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

– Universitetining markaziy kollejlaridan birida 13 kunlik turar joy
– Kollej zalida nonushta va tushlik
– Bir kishilik yotoqxona
– Tegishli universitet oʻqituvchilaridan 40 soatlik akademik mashgʻulotlar
– Oʻquv va maʼruza materiallari
– Mentorlik dasturi va yordamchi materiallardan foydalanish
– Barcha ekskursiyalar, shu jumladan, Kembrij kollejlaridagi rasmiy tushliklar, qayiqda suzish, kroket
– Sugʻurta
– 2 ta murabbiylar boshchiligidagi ekskursiya
– Biritish marosimi va sertifikat
– Oʻqituvchilarning yozma baholashi

Talablar:

Mazkur tanlovdan butun dunyodan oʻquvchilar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilari 2024-yil iyul-avgust holatida koʻra, 13-18 yosh boʻlishi lozim.

Insholar 2 interval, Times New Roman 11 shriftda, kompyuterda yozilishi va yagona PDF faylda boʻlishi lozim. PDF fayl anonim boʻlishi kerak (Ism-familiya koʻrsatilmasligi kerak).

Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshira oladi.

Ushbu tanlovda avvalgi yillarda gʻolib boʻlgan insholar bilan BU YERDA tanishing.

BU YERDA akademik inshoni qanday yozish boʻyicha maslahatlar bilan tanishing.

Tanlov uchun roʻyxatdan oʻtganingizda insho mavzulari, inshoni qanday yozish, iqtibos keltirish tartibi va boshqalar haqida toʻliq maʼlumot email orqali sizga yuboriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ariza va insholar 2024-yilning 31-avgustgacha onlayn shaklda qabul qilinadi. Nomzodlar shu sanagacha maxsus ARIZA SHAKLINI toʻldirishi va unga inshoni ilova qilib, topshirishi lozim.

Savollar yuzasidan maxsus kontakt shakli orqali tanlov tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!