Indoneziyaning Ristekdikti – Indoneziya tadqiqot, texnologiya va oliy taʼlim va vazirligi 2019-2020-oʻquv yili uchun Universitas Nigari Malang International Student Scholarship (UM-ISS) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun moʻljallangan. Grantga til o‘rganishni istagan talabalar ham ariza bera oladi. Grant besh yilgacha beriladi.
Grant indonez tili, madaniyati va sanʼatini dunyoga tarqatish uchun chet ellik talabalarni jalb qilish maqsadida tashkil qilingan.
Grant quyidagi tartibda beriladi:
- Indonesian Language Course – 5 oygacha.
- Bakalavriat – 5 yilgacha.
- Magistratura – 3 yilgacha.
- Doktorantura PhD – 4 yilgacha.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga 3-5 yilgacha o‘qish va til o‘rganish uchun xarajatlar to‘liq qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Indoneziyalik bo‘lmagan barcha davlat vakillari ariza bera oladilar.
- Nomzod tegishli attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod yaxshi o‘qishi kerak. GPA kamida 4,0 dan 2,5 bo‘lishi lozim.
- Nomzod UM talablariga mos bo‘lishi kerak.
- Nomzod rozilik xatini imzolashi kerak.
Barcha talablar haqida: shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2019-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Ariza to‘ldirish shu yerda amalga oshiriladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Attestet/litsey/kollej/bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova skan nusxasi. Ingliz tilida notarial tasdiqlatib topshiriladi.
- Pasport skan nusxasi.
- Pasport hajmidagi fotosurat.
- Ingliz tili sertifikati skan nusxasi. Sertifikat oxirgi 2 yil ichida olingan bo‘lishi kerak.
- Tibbiy ma’lumotnomaning skan nusxasi.
- Tugallangan rozilik xati.
- Doktorantura uchun 2 ta tavsiyanoma topshiriladi.
To‘liq ma’lumot: shu yerda. Grant bo‘yicha savollar tug‘ilganda oia@um.ac.id yoki Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan aniqlang.
Nomzodlarni saralash ularnin a’lo baholari, salohiyati, ingliz tilini bilish darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yakuniy natijalar 2019-yil 11-iyulda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: oia@um.ac.id
Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi
Manzil: Toshkent shahri, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 73-uy
Telefon: +998 71 232 02 36
Faks: +998-71 120-6540, 233-0513
Elektron pochta: unitkom@kbri-tashkent.go.id