×

Indoneziya: Barcha xarajatlar qoplanadigan grant; 72 ta universitetdan birida oʻqish imkoniyati beriladi!


Grant

MUHLAT

02.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

3092 marta

Indoneziya Taʼlim va Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan  DARMASISWA Scholarship dasturi 2020-2021-oʻquv yili uchun arizalar qabul qilmoqda. Grant 18 dan 27 yoshgacha boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 12 oy (bir yil)ga beriladi.

Grant indonez tili, madaniyati va sanʼatini dunyoga tarqatish uchun chet ellik talabalarni jalb qilish maqsadida tashkil qilingan.

Grant Indoneziyada joylashgan 72 ta universitetdan birida 12 oy oʻqish imkonini beradi. Universitetlar roʻyxatini yuklab olish: shu yerda.

Grant kimlar uchun?

18-27 yoshgacha talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

DARMASISWA Scholarship dasturi nomzodlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  1. Har oyda Batam, Jakarta, Bandung, Surabaya, Denpasar, Makassar, Manado, Bogor, Cikarang, Ambon hududidagi talabalarga 2 950 000 RP (taxminan 212 USD), Aceh, Padang, Palembang, Purwokerto, Semarang, Yogyakarta, Surakarta, Malang, Samarinda hududlarida oʻqiyotgan talabalarga 2 550 000 RP (taxminan 183 USD) stipendiya beriladi.
  2. Nomzod turar joy bilan taʼminlanadi.
  3. Nomzodning transport xarajatlari qoplanadi.
  4. Oʻqishga qabul qiluvchi universitetga joylashtirishga yordam beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerka:

  1. Indoneziya bilan madaniy aloqalarga aʼzo boʻlgan davlat vakillari ariza bera oladilar (Oʻzbekiston kiradi).
  2. Nomzod 18-27 yosh orasida boʻlishi kerak.
  3. Nomzod talaba boʻlishi kerak.
  4. Nomzod kollej yoki litsey diplomi (yoki 11 yillik maktab attestati)ga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz yoki indonez tilini (qoʻshimcha) bilishi kerak.
  6. Nomzod sogʻlom boʻlishi zarur.
  7. Nomzod turmush qurmagan boʻlishi kerak.
  8. Nomzod tanlagan mutaxassisligi boʻyicha bazaviy maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 2-martgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun avval shu yerdan roʻyxatdan oʻtish va kerakli hujjatlarni taqdim etish kerak. Hujjat topshirish va undan keyingi bosqichlar jadvali quyidagicha:

  1. Onlayn registratsiya – 2020-yil 2-martgacha.
  2. Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasida suhbat – 2020-yil 4-13-mart.
  3. Universitet tanlash (onlayn) – 2020-yil 15-martdan 3-aprelgacha.
  4. Eʼlon – 2020-yil 20-aprelda.
  5. Ishtirokni tasdiqlash – 2020-yil 21-30-aprel.
  6. Yakuniy natijalarning eʼlon qilinishi – 2020-yil 6-may.
  7. Indoneziyaga uchish marshrutining tasdiqlanishi – 2020-yil 7-may.
  8. Indoneziya (Jakarta)ga yetib kelish – 2020-yil 29-avgust.
  9. Jakartada oriyentatsion dasturda ishtirok etish – 2020-yil 29-30-avgust.

 Hujjatlar tarkibi:

  1. CV/resume.
  2. Tibbiy maʼlumotnoma.
  3. Muddati eskirmagan pasport.
  4. Institut/universitet/ish joyidan tavsiyanoma (rasmiy blankda, ingliz tilida yozilgan va imzo qoʻyilgan).
  5. Oxirgi akademik maʼlumotnoma va barcha diplom/attestatlar (ingliz tilida).
  6. Ingliz tili (indonez tili) sertifikati.
  7. Sohangizga tegishli boshqa sertifikatlar (agar bor boʻlsa).
  8. Oʻqishdan maqsadingiz haqida esse (ingliz yoki indonez (baxas) tilida, kamida 500 ta soʻzgacha).

Nomzodlarni saralash ularning yoshi, turmush qurmaganligi, bilim darajasi, ingliz tili va indonez tilini bilishiga asosan amalga oshiriladi.

*Muhim! Dasturda kiyinish va darslarda ishtirok etish boʻyicha cheklov va tartib-qoidalar bor. Dasturga ariza berishdan oldin ular bilan tanishib chiqing.

Yakuniy natijalar 2020-yilning 7-may kuni eʼlon qilinadi;

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Bureau of Planning and International Cooperation Ministry of Education and Culture The Republic of Indonesia C Building, 6th floor Jalan Jenderal Sudirman, Senayan 10270 Jakarta

Telefon: + 62-21 571 1144, + 62-21 572 4707

Elektron pochta: darmasiswa@kemdikbud.go.id

Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi

Manzil:

Toshkent shahri, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 73-uy

Bog`lanish: shu yerda.

Elektron pochta: unitkom@kbri-tashkent.go.id;  unitkom.tashkent@kemlu.go.id

Rasmiy sayt: https://kemlu.go.id/tashkent/lc

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!