Gruziyaning InLiberty ma’rifiy loyihasi –2019-yilgi “Хорошее общество: По каким правилам мы живем и по каким хотим жить?” insholar tanlovida qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi universitetlarda taʼlim olayotgan barcha talabalar hamda yaqinda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilar uchun moʻljallangan. Tanlovda sobiq ittifoq davlatlaridan vakillar ishtirok etishlari mumkin. Insho jamiyat, undagi muammolar, nomzod ideal jamiyatni qanday tasavvur qilishi haqida yozilishi kerak. Nomzod jamiyatni oʻzgartira oladigan 10 ta asosiy qoida yaratishi lozim. Finalga chiqqan ishtirokchilar Gruziyaning Bazaleti shahridagi Free Universityda 19-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan InLiberty yozgi maktabida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Insho mavzusi: “ Хорошее общество: По каким правилам мы живем и по каким хотим жить?”
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqiyotgan talabalar hamda yaqinda oʻqishni tamomlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Finalga chiqqan ishtirokchilar Gruziyaning Bazaleti shahridagi Free Universityda 19-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan InLiberty yozgi maktabida qatnashishga taklif etiladilar. Finalistlarning yozgi maktabda ishtirok etish uchun yashash va oziq–ovqat xarajatlari toʻliq qoplanadi. Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga esa quyidagi mukofotlar beriladi:
- 1-oʻringa 50 000 rubl mukofot beriladi.
- 2-oʻringa 25 000 rubl mukofot beriladi.
- 3-oʻringa 17 000 rubl mukofot beriladi.
Agar tanlovda qatnashmay turib yozgi maktabda ishtirok etishni istasangiz, 28 000 rubl toʻlash kerak. Bu haqidagi ma’lumotni info@inliberty.ru manzilidan olasiz.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha postsovet davlatlar (Oʻzbekiston kiradi) fuqarolari ariza bera oladi.
- Universitetda oʻqiyotgan va oʻqishni yaqinda tamomlagan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
- Nomzodning yozgan inshosi tashkilot tomonidan qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2019-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi. Nomzodlar avval tashkilot onlayn-tizimida roʻyxatdan oʻtishi kerak. Insholarni esa talab qilingan hujjatlar bilan birga dedlayn muddatigacha contest@inliberty.ru manziliga joʻnatiladi.
Insho yozishga qoʻyilgan talablar:
- Insho rus tilida yozilish kerak.
- Insho hajmi 5 bet (9 000 belgi)dan oshmasligi zarur.
- Faktlar aniq, nomzodning hayotidan olingan boʻlishi lozim.
Nomzodlar yozgan inshosi, yaxshi jamiyatni qanday tasavvur qilishi, jamiyatni yaxshilash uchun taklif etgan 10 ta qoidasi va matnning originalligiga koʻra saralanadi.
Natijalar 1-bosqichdan oʻtgan finalistlarga 2019-yil 20-iyulda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: contest@inliberty.ru