×

Inson huquqlari va demokratiya masalalariga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun grant!


Grant

MUHLAT

15.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1894 marta

Norwegian Helsinki Committee inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti Small Grants Fund for Central Asia 2020 grant dasturini taklif etmoqda. Tashkilot oʻz oldiga inson huquqlarini himoya qilishni maqsad qilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi 5 ta davlatning inson huquqlari va demokratiyani targʻib qiluvchi tashkilotlari grantda oʻz loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Grant dasturida ayniqsa, yangi tashkil etilgan tashkilotlarning ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.  Bu yilgi dastur doirasida quyidagi mavzular boʻyicha ishlab chiqilgan kichik loyihalarga alohida qiziqish bildirilayapti:

  1. Qozogʻiston: Human rights and Freedom of assembly and association
  2. Qirgʻiziston: Human rights and Rule of law
  3. Oʻzbekiston: Human rights and Reform
  4. Tojkiston: Human rights and Political prisoners
  5. Turkmaniston: Human rights

Grant kimlar uchun?

Inson huquqlarini himoya qilish tashkilotilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur g’oliblariga loyihalarini moliyalashtirish uchun 1 000 AQSh dollaridan 9 999 AQSh dollarigacha mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

Grantning manfaatli jihatlari haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda..

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston yoki Qozog’iston fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Grant asosan kichik, original ishlanmalarni moliyalashtiradi.
  3. Nomzod taqdim etayothan loyiha inson huquqlari va demokratiya mavzusida boʻlishi kerak.
  4. 2020 yilgi dasturda Oʻzbekistonlik ishtirokchilar Human rights and Reform mavzusidagi loyihalari bilan qatnashishlari maqsadga muvofiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjatlar 2020-yil 15-fevralgacha grants-ca@nhc.no manzili orqali e-mail tarzida qabul qilinadi. Hujjat topshirishda hujjatlarning alohida shakli mavjud emas. Nomzodlar oʻzlari istagan uslubda ariza yozishlari mumkin. Ammo, har bir ariza quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

  1. Proposal Cover Sheet as a separate file (toʻldirilgan shaklda)
  2. Siz murojaat qiladigan inson huquqlari borasidagi muammoning tavsifi
  3. Loyiha davomida amalga oshiriladigan tadbirlar tavsifi
  4. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish rejasi
  5. Loyihaning xronologik xaritasi (shu jumladan loyihaning boshlanish sanasi va tugash sanasi)
  6. Sarf-xarajatlar smetasi
  7. Arizaga, shuningdek, loyiha uchun xavf omillarini baholash (assessment of risk factors), kelajakda loyihani va tashkilotini moliyalashtirish takliflarini ham kiritish zarur.

Arizalar ingliz yoki rus tillarida topshirilishi mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!