“Inspiring Girls* Expeditions” dasturi Qirgʻizistonda Markaziy Osiyodan boʻlgan 18-25 yoshli ayol-qizlar uchun 10 kunlik taʼlim ekspeditsiyasini tashkil etmoqda.
Ushbu ekspeditsiya davomida ishtirokchilar ayollardan iborat sertifikatga ega yoʻlboshchi, professional instruktor va tadqiqotchilar jamoasi bilan Qirgʻizistondagi Ala-Archa milliy bogʻida togʻ muhitini oʻrganadi, muzliklar goʻzalligi bilan tanishadi, iqlim oʻzgarishi va muzliklar kabi mavzularni oʻrganadi. Ekspeditsiyadan soʻng maxsus tadbir va xalqaro onlayn simpozium ham tashkil etiladi.
Eskpeditsiya mavzusi: Adventure of Science: Women and glaciers in Central Asia.
Dastur mashgʻulotlari 2026-yildan 18-28-avgust kunlari oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar rus va ingliz tilida olib boriladi, shu sababli ishtirokchilardan rus yoki ingliz tilini yetarlicha bilish talab etiladi.
Grant kimlar uchun?
18-25 yoshli ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilariga quyidagi moddiy imtiyozlar taqdim etiladi:
- Ishtirok etish bepul
- Bishkekka borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
- Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
- Ekspeditsiya uchun zarur boʻlgan anjomlarning aksariyati (togʻda yurish kiyimlari/poyabzali, texnik anjomlar) taqdim etiladi
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Ushbu dastur faqat ayol-qizlar uchun moʻljallangan.
- Nomzod Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston yoki Qirgʻiziston fuqarosi va 18-25 yosh boʻlishi kerak.
- Ingliz yoki rus tilini muloqot qilish uchun yetarlicha bilish lozim.
- Ilm-fanga qiziquvchi, tabiat va atrof-muhit haqida koʻproq oʻrganishni istagan, Markaziy Osiyodagi hamfikr ayollar bilan oʻzaro muloqot qiluvchi ayollar taklif etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin (dastlab roʻyxatdan oʻtish talab etiladi).
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va savol-javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.




