AQShda joylashgan Maryville College oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif etadi. Bu oliygohdagi eng nufuzli grant boʻlib, uni universitetdagi istalgan bakalavriat kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin. Maryville universitetida mavjud barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ushbu grant har yili 1 nafar xorijlik talabaga taqdim etiladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatda o’qishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan talaba 4 yil davomida o’qish to’lovidan butunlay ozod etiladi.
Grant har yili berilishi uchun talaba Global ishtirok markazida har hafta 2 soat universitetga yordam berishi, baholari o’rtachasi 4 ballik tizimda 3,0 dan pasayib ketmasligi hamda F-1 viza statusini saqlab qolishi kerak bo’ladi.
Grant faqatgina oʻqish toʻlovidan ozod etadi va qolgan xarajatlarni talabaning oʻzi qoplashi kerak.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- AQSh fuqarosi yoki doimiy rezidenti boʻlmaslik kerak.
- Maryville College oliygohidagi bakalavriat kurslaridan biriga qabul uchun toʻliq ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichlar / yutuqlarga erishgan, kuchli xarakter va yetakchilik salohiyati egasi bo’lishi zarur.
- Maryville College kampusida xalqaro xilma-xillikni (interneational diversity) boyitish boʻyicha aniq rejaga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Maryville kampsusida tahsil oladigan boshqa chet ellik talabalar ichida qanday yetakchilik ishlarini amalga oshirishi xususida aniq rejaga ega bo’lishi kerak (bu haqda arizadagi inshoda yoziladi).
- Nomzod boshqalarni ham shu grant va oliygohga hujjat topshirishga ragʻbatlantirish uchun tayyor boʻlishi kerak.
- Yuksak tashkilotchilik va muloqot mahoratiga ega bo’lishi lozim.
- 4 yillik oʻqish davomida kampusda yashashi kerak.
Shuningdek, bakalavriat kurslariga qabul talablari ham mavjud. Masalan,bakalavriatga topshirish uchun nomzoddan kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 sertifikati soʻraladi. Bakalavriat kurslariga ariza topshirish uchun asosiy talablar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun arizalar 2025-yil 15-yanvargacha toʻliq topshirilishi lozim. Grantga ariza topshirishdan oldin bakalavriat kursiga hujjat topshiriladi.
Demak, ariza topshirish jarayoni quyidagicha boʻladi:
1-qadam. Avval Maryville College bakalavr kursiga hujjat topshiring. Bakalavriat kurslariga qanday ariza topshirish haqida bu yerda maʼlumot oling.
2-qadam. Bakalavriat kursiga qabul qilinganingizdan soʻng, MaryVille Portal – MVP tizimida Diversity Scholarship grantiga ariza topshirish uchun ma’lumotlar paydo bo’ladi. Shu ma’lumotlar asosida grantga ariza topshiriladi.
Grantga ariza topshirishda quyidagi mavzularni yoritib 250 so’zli insho yozilishi kerak:
- How will studying at Maryville College advance your academic and career goals?
- Explain your plan for sharing your culture on the Maryville College campus as part of our Cultural Ambassadors program.
- Give examples of previous experiences that have prepared you to implement your plan successfully.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing.
Savollar yuzasidan bu yerda universitetga murojaat qilishingiz mumkin.