Joriy yilda Ibn Haldun universiteti (Turkiya), Boku Davlat universiteti (Ozarbayjon), Turkiya Arbitraj akademiyasi Turkiy Davlatlar Tashkiloti koʻmagida birinchi International Summer School on Arbitration yozgi maktabini tashkil etmoqda. Dastur mashgʻulotlari Ozarbayjonning Boku shahrida ingliz tilida olib boriladi.
Ushbu xalqaro arbitraj yozgi maktabining maqsadi turkiy davlatlarning akademiklari, olimlari va amaliyotchi yuristlarini bir joyga jamlash va ularni yuristlikka tayyorlash, shuningdek, jismoniy shaxslar, korxona va tashkilotlar uchun muqobil nizolarni hal etish platformasini yaratishdan iborat. 5 kun davom etuvchi ushbu dasturda nufuzli xalqaro professor-oʻqituvchilar tomonidan maʼruzalar va muhokamalar hamda hukumat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan seminarlar olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Huquq sohasidagi magistratura talabalari va yosh mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Bepul turar joy
- 3 mahal bepul oziq-ovqat
- Bepul maʼruza va kurs materiallari
MUHIM: ishtirokchilar safar bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzlari qoplashlari kerak.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturda Turkiy davlatlardan boʻlgan magistratura talabalari va yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
- Nomzod arbitraj sohasiga katta qiziqish bildirishi hamda bu sohada tajriba/bilimga ega boʻlishi kerak.
- Dastur ingliz tilida boʻlgani sabab ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalar 2023-yil 30-mayga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Taʼlim darajasi diplomi
- Mehnat tarixi haqida maʼlumotlar
- Akademik mukofotlar
- Oʻqishdan tashqari mashgʻulotlar haqida maʼlumotlar
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)
- Qiziqish bayoni
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon yaxshilab tanishing.
Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan ucam@ihu.edu.tr manziliga murojaat qilishingiz mumkin.