USTC International Winter Camp 2026 – Xitoyning eng yetakchi universitetlaridan biri University of Science and Technology of China (USTC) tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv va madaniy dasturdir. Dastur 2025-yil 22-dekabrdan 31-dekabrgacha Hefei shahrida o‘tkaziladi.
Ushbu qishki dasturning asosiy maqsadi ishtirokchilarni Xitoyning ilmiy ekotizimi, texnologik yutuqlari, milliy laboratoriyalari, shuningdek, Xitoy tili va madaniyati bilan yaqindan tanishtirishdir. Dastur davomida talabalar ma’ruzalar, laboratoriya ekskursiyalari, madaniy sayohatlar va har kunlik xitoy tili mashg‘ulotlarida qatnashadilar.
Workshop va mashg‘ulotlar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- Xitoy tili bo‘yicha asosiy darslar (boshlang‘ich darajada)
- USTC olimlari tomonidan o‘qiladigan ilmiy ma’ruzalar
- Milliy laboratoriyalar va ilmiy markazlar bo‘ylab ekskursiyalar
- Xitoy madaniyati, tarixi va an’analariga bag‘ishlangan madaniy sayohatlar
Dastur ishtirokchilarga nafaqat Xitoyning eng ilg‘or ilmiy muhitida bo‘lish imkonini beradi, balki turli davlatlardan kelgan talabalar bilan samarali akademik va madaniy almashinuv olib borish uchun ham keng imkoniyat yaratadi.
Grant kimlar uchun?
Iilm-fan, texnologiya, xalqaro madaniyat va xitoy tiliga qiziquvchi talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda qatnashish to’lovi mavjud bo‘lib, to‘liq paket narxi 3000 CNY ni (taxminan 421 AQSH dollari) tashkil etadi. Bu toʻlov kurs, turar joy va madaniy tadbirlarni qamrab oladi.
Biroq yuqori koʻrsatkichlarga ega talabalar USTC Fellowship orqali to‘liq yoki qisman moliyaviy yordam olish imkoniyatiga ega. Ushbu moliyaviy yordam doirasida safar xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi, tibbiy sug‘urta va turar joy xarajatlarining toʻliq yoki qisman qoplanishi hamda stipendiyani oʻz ichiga olishi mumkin.
Talablar:
Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Xitoy fuqarosi bo‘lmaslik kerak.
- Ingliz tilida muloqot qila olish lozim.
- Bakalavr yoki magistratura talabasi yoki ushbu bosqichlardan birini yaqinda tamomlagan bo‘lish va USTC da keyingi o’qishni davom ettirish istagiga ega bo’lish kerak.
- Jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo’lishi va oldin USTC qishki yoki yozgi kampusida ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ishtirokchilar 2025-yil 20-noyabrga qadar onlayn ariza topshirishlari kerak.
Ariza topshirish tartibi:
- BU YERDA ro‘yxatdan o‘ting.
- “Start Application → Application → Non-Degree Programs Application → Winter Camp” bo‘limini tanlang.
- Talab etilgan hujjatlarni yuklang (pasport nusxasi, transkript, motivatsion maktub va boshqalar).
Eslatma: Dasturga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Murojaat uchun kontaktlar:
- Email: visiting@ustc.edu.cn
- Tel: 86-551-63602848




